26/02/2018
Tuman, shahar kengashlari raislarining malakasi oshirildi

6

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018-yil 1-yarim yilligida kasaba uyushmalari kadrlari va faollarini o‘qitish rejasiga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O‘quv markazida 2018-yil 19-24-fevral kunlari O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari raislarining 25 nafari uchun o‘quv kurslari o‘tazildi.

O‘quv kurslarida tinglovchilarga:

- O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2017-yil 16-iyunda “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forumida qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishga ko‘maklashish Dasturidan kelib chiqadigan vazifalar haqida;

- xodimlar bilan ishlash texnologiyasiga amal qilish (mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish);

- kasaba uyushma tashkilotlarining hududiy davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyatlari to‘g‘risida;

- Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida kasaba uyushmasiga a’zolik badallarini taqsimlash, kasaba uyushma byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari to‘g‘risida;

- Moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari to‘g‘risida (amaliy mashg‘ulot);

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida;

- Ijtimoiy sug‘urta mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda yo‘llanmalar berish tartibi to‘g‘risida;

- Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik asoslari. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to‘g‘risida (amaliy mashg‘ulot);

- Bandlik va ijtimoiy himoya sohasida kasaba uyushmalarining vazifalari to‘g‘risida;

- Xalqaro va milliy mehnat standartlari to‘g‘risida (trening mashg‘uloti);

- Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar. Istiqboldagi vazifalarni amalga oshirishda Tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan olib boriladigan ishlar haqida;

- Kasaba uyushmasi tashkilotlarida ijro intizomi va xujjatlar bilan ishlashda ish yuritishni tashkil etish to‘g‘risida (amaliy mashg‘ulot);

- O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi Qonun va “Kasaba uyushmalarida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi” to‘g‘risida;

- Kasaba uyushmalari tizimida axborot tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash boshqarish. Elektron hukumat tizimining qonuniy asoslari to‘g‘risida;

- Mehnat muhofazasiga oid qoidalarga amal qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish to‘g‘risida;

- Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning kelib chiqishida geosiyosiy omillar to‘g‘risidagi mavzularda o‘quv va amaliy hamda trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Dastur asosida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Zangiota tuman kengashi va boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati bilan tanishish maqsadida tuman kengashi hamda tumandagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida tuman kengashi va kasaba uyushmasi qo‘mitasida ish yuritish, nazoratdagi hujjatlar bilan ishlash, xodimlar bilan ishlash va ularni jamoa jartnomasi hamda kelishuvlar orqali ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va boshqa ko‘plab masalalar davra suhbati tashkil qilindi.

O‘quv kursi davomida dastur asosida madaniy tadbirlar ham tashkil etilib unda tinglovchilarning O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va Zangiota ziyoratgohiga tashrifi tashkil etildi. Madaniy tadbirlar davomida tinglovchilar poytaxtdagi mustaqillik davridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirildi va yakunida O‘zbek milliy akademik drama teatrining spetakl tomoshasiga borildi.

O‘quv kursining so‘nggi kunida O‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha yakuniy test sinovlarini o‘tkazildi va test natijalari bo‘yicha tinglovchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O‘quv markazi tomonidan “Guvohnoma”lar topshirildi.

1

 

 

 

 

 

 

 

2

 

 

 

 

 

 

3

 

 

 

 

 

 

4

 

 

 

 

 

 

5


Tashkiliy faoliyat, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar