23/03/2018
O‘zbekiston – umumiy uyimiz

3-мактаб - копия

O‘lkamizda “Navro‘z” shukuhi kezmoqda. Bu yilgi “Navro‘z” o‘zgacha shodiyona bilan nishonlanmoqda. Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman kengashi tomonidan 21-mart “Navro‘z” bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan xayriya tadbirlarida xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, axoli turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Mehnat jamoalarida atrof-muhitni, ona zaminni ardoqlab, uning ne’matlarini, bugungi tinch xayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga da’vat qiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirildi.

Romitan tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘zbekiston-umumiy uyimiz” mavzusi ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jamoada bir oila bo‘lib mehnat qilayotgan o‘zbek, rus, tatar, koreys millatiga mansub bo‘lgan xodimlar tomonidan “Assalom Navro‘zi olam!” hamda “Maslennitsa prishla-otkrivay vorota!” mavzulari saxnalashtirilgan ssenariy asosida yoritib berildi.

Tumanning eng chekka hududi Gazli shaharchasida joylashgan 36-umumta’lim maktabida “Xush kelding Navro‘z” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qozoq millatining “Navro‘z” bayramini yorituvchi milliy o‘yinlari, urf-odatlari sahnalashtirildi. Tadbirda faol ishtirok etgan xodimlar tuman kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

3-мактаб тадбир - копия


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar