14/02/2018
Jizzax davlat pedagogika instituti xodimlari uchun Samarqand shahriga turistik sayohat tashkil etildi

IMG_2446 (1) - копия

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2018-yil 22-yanvardagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018-yil 15-yanvardagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida turizm sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 9-14 “s”-sonli qarori haqida”gi 11-11 “s”-sonli qarori hamda institut kasaba uyushma qo‘mitasining ish rejasi ijrosiga asosan 2018-yil 11-fevral kuni institut kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan institutda ko‘p yillardan buyon samarali faoliyat olib borayotgan pensiya yoshidagi professor-o‘qituvchilar va xodimlar, shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonida fidoiylik bilan mehnat qilayotgan, ilmiy-pedagogik yutuqlarga erishayotgan ilg‘or o‘qituvchi-xodimlar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’olari bo‘lgan iqtidorli talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida jami 100 nafardan ortiq xodimlar va talabalarning qadimiy va tarixiy obidalarga boy Samarqand shahriga sayohati uyushirildi.

Sayohat davomida ushbu ko‘hna zamindagi ota-bobolarimiz tomonidan bunyod etilgan barcha tarixiy obidalar bilan birgalikda Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning maqbarasi va haykali, shuningdek, Samarqand shahrida mustaqillik yillarida yangidan barpo etilgan bino va inshootlarni tomosha qilishlari uchun yana bir bor imkoniyat yaratildi.

Barcha xodimlar va talabalar xavfsizligini ta’minlash, ularga qulay sharoit yaratib berishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida xodimlar sayohat davomida olgan taassurotlari, ko‘rsatilgan ma’naviy imkoniyat uchun institut kasaba uyushma qo‘mitasi va rahbariyatiga tashakkurnoma bildirishdi.

1 - копия


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar