01/03/2018
Sog‘lom oila – yurt tayanchi

1

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018 yil 18 yanvardagi “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi BM-06/80-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xatirchi tuman Kengashining barcha boshlang‘ich tashkilotlaridagi xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida oilaviy sport musobaqasining birinchi va ikkinchi tuman bosqichi belgilangan Nizom talablari asosida yuqori saviyada va bayramona ruhda tashkil etildi.

Tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Doniev Fazliddinlar oilasi (ota, ona va 8-12 yoshgacha bo‘lgan qiz bola) uchinchi viloyat bosqichiga qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Oilaviy sport musobaqasining birinchi va ikkinchi tuman bosqichi musobaqalarida I, II, III- o‘rinlarni egallagan jamoalar hamda nominatsiyalar sovrindorlari tuman Kengashi va xomiy tashkilotlar tomonidan tegishli darajadagi kuboklar, diplomlar va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

2


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar