27/11/2017
Chortoq tumanida “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

1

Joriy yilning 23-noyabr kuni Chortoq tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabida tuman hokimligi, bo‘limlar va idoralar xodimlarining tuman kasaba uyushmalari faollari bilan hamkorlikdagi “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda asosan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining yo‘nalishlaridan biri “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” masalasiga e’tibor qaratildi.

Bu boada aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish va salomatligini saqlash, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, modernizatsiyalash, aholining muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini yuksaltirish, sog‘liqni saqlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash kabi dolzarb masalalar qamrab olindi.

Ma’lumki, kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish va ularni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash ishlari tashkillanib tizimda faoliyat ko‘rsatgan 60 nafar keksa va mehnat faxriylar xonadonlariga tashrif buyurib holidan xabar olindi va qimmatbaho sovg‘alar bilan etibor ko‘rsatildi. 20 nafar pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlash ishlari amalga oshirildi.

O‘tgan davr mobaynida 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan tasdiqlangan dastur ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Kasaba uyushmalari – xotin qizlarga” aksiyasi doirasida kam ta’minlangan xotin qizlarni va baynalminalchi jangchilarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lomlashtirish maqsadida  “Chortoq”, “Kosonsoy” sanatoriyalariga bepul yuborildi.

Farzandlari 2 yoshdan 3 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan yosh onalarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Tarmoq korxonalarida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlari uchun o‘quv qurollari, darsliklar harajatlari qisman qoplab berildi.

Korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni sportni ommaviy turlariga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Ta’lim muassasalarida “Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni”da o‘quvchilar davomatining tahliliy muhokamasi joylarda o‘tkazilib, sababsiz va muntazam dars mashg‘ulotlariga kelmayotgan o‘quvchilar va ota-onalar bilan suhbatlashilmoqda.

Binobarin, kasaba uyushmalari faoliyati mehnat va mehnatkashlar huquqini himoya qilishga qaratilgan. Bu kabi barcha tadbirlar ijobiy samara bermoqda.

2


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar