03/04/2018
Namangan shahrida kasaba uyushmasi faollari uchun viloyat seminari o‘tkazildi

1

2018-yil 29-mart kuni tarmoq tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari bo‘yicha tashkil etish, boshlangich kasaba uyushma tashkilotlariga amaliy yordam berish, o‘zaro tajriba almashish borasidagi faoliyatni takomillashtirish maqsadida Namangan shahrida viloyat seminari o‘tkazildi.

Seminarda shahar, tuman kengashi raislari, 2 nafardan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raislari, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashkiliy ishlar, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limlari mudirlari, Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishtirok etdi. Seminarni mas’ul tashkilotchi L.Ganiyev olib bordi.

Kengash raislari boshchiligidagi 2 nafardan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raislari Namangan shahridagi 2 tadan 22 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida bo‘lib olib borilayotgan ishlar o‘rganildi, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari ishini Ustav talablari bo‘yicha tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatildi va o‘zaro tajriba almashildi.

Namangan shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida amaliy ko‘rgazmali seminarni 2-bosqichida boshlang‘ich tashkilot tomonidan olib borilayotgan faoliyat hamda ish hujjatlari bilan tanishildi.

Seminar davomida tuman kengashi va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raislari o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Seminar yakunida bir qator kasaba uyushmasi faollari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

2


Tashkiliy faoliyat, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar