28/03/2018
G‘amxo‘rlikdan minnatdormiz

Расм - копия

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob'ektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha qabul qilingan qator qarorlarida belgilab berilgan vazifalar hamda kasaba uyushmalarining faol ishtirokini tashkil etish hamda korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va ularning oila a'zolarini turizmga jalb etilishini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati qarori ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tasarrufidagi 1500 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasalardan mart oyi davomida 5000 nafarga yaqin ishchi-xodim respublikamizning tarixiy shaharlari – Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga, shuningdek Toshkent shahridagi ziyoratgohlarga, qolaversa, o‘z hududimizda mavjud osori-atiqalarni tomosha qilish uchun sayohatga olib borildi.

Aytish joizki, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari bu borada yetakchi o‘rinda. Har bir tuman, shahardan 100 nafardan 300 nafargacha faol ayollar Toshkent shahriga ziyorat va konsert dasturlariga olib borilgan bo‘lsa, 50 nafardan 150 nafargacha bo‘lgan ishchi-xodimlar Navro‘z bayramida e’lon qilingan dam olish kunlarida tarixiy shaharlarga sayohatlarga olib borildi.

Xususan, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari Xovos tuman Kengashi tomonidan tumandagi ta’lim muassasalari xodimlaridan 132 nafari Samarqand shahriga sayohatga yuborildilar. Safar xarajatlari uchun kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan 5100 000 so‘m sarflandi.

- Hamkasblarim bilan Samarqanddagi barcha obidalar – Registon, Shohizinda ansambli va shu bilan birga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning maqbarasini ham ziyorat qildik. Mustaqilligimiz asoschisi haqqiga duo qildik. Sayohatdan juda boy taassurotlar bilan qaytdik, buning uchun davlatimiz rahbari hamda kasaba uyushmalaridan juda ham minnatdormiz, – deydi 5-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Sayyora Gadoeva .

- Bu yil kasaba uyushmalari a’zolari uchun juda yaxshi keldi, ularning ish sharoiti, mehnat muhofazasi, dam olishlari – hammasi davlat darajasida hal etilmoqda, – deydi Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari Respublika Kengashining viloyatdagi mas'ul tashkilotchisi Alijon Mamarasulov. – Har yili ham shu ishlar bajarilgan, ammo, ularning sifati, darajasi bu yil har yilgidan yuqori. Faqatgina mart oyining o‘zida tarmog‘imizdan 1000 nafarga yaqin o‘qituvchi-xodimlar mamlakatimizning tarixiy shaharlari va viloyatimizdagi obidalar ziyoratida bo‘ldilar. Bunday sayohatlar yil bo‘yi davom etadi.


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar