16/02/2018
Maqsad – kasaba uyushmasi a’zolarini sport bilan shug‘ulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish

Безымянный1

2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” munosabati bilan xodimlar va ularning oila a’zolarini jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishini oshirish, ayniqsa oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali o‘z salomatligiga mas’uliyat hissini shakllantirish maqsadida joylarda “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqasining birinchi va ikkinchi bosqichlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan Qo‘qon shahar va Dang‘ara tumanida:

“Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqasi ta’lim xodimlari va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila a’zolarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida 2018-yil 10-fevral kuni tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Sog‘lom oila” shiori ostida o‘tkaziladigan Respublika oilaviy sport musobaqasining 1-bosqichi belgilangan Nizom talablari asosida yuqori saviyada va bayramona ruhda tashkil etildi.

Musobaqada 5 ta hududlardan quyi bosqichda ishtirok etib g‘olib bo‘lgan oilalardan 5 ta oilalar ishtirok etishdi.

1-bosqichda 1-o‘rinni egallagan (birinchi oila tarkibida ota, ona va 8-12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bola) Qodirovlar oilasi va (ikkinchi oila tarkibida ota, ona va 8-12 yoshgacha bo‘lgan qiz boladan iborat) Sulaymonovlar oilasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqada ishtirok etgan oilalar shahar, tuman kengashilarining qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Безымянный


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar