27/02/2018
Buxoro va Samarqand shaharlariga sayohat uyushtirildi

NUXM7867 - копия

Mamlakatimizning turizm sohasi iqtisodiyotning istiqbolli sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Yana bir haqiqat shundan iboratki, yurt ko‘rgan, el tanigan odamlarda dunyoqarashi keng bo‘lib, hayotga munosabat shakl shamoyil topadi. O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 2018-yil 22-25-fevral kunlari Toshkent viloyati tarmoq xodimlari uchun kasaba uyushmasi a’zolaridan 50 nafarining Buxoro va Samarqand shaрarlariga sayohati tashkil qilindi.

Yurtdoshlarimizning ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy madaniy va ma’naviy me’rosini o‘rganishlari, Respublikamizdagi ulug‘ ziyoratgohlarni ziyorat qilish va mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan ijobiy islohotlar bilan yaqindan tanishishlari tashkillashtirildi.

Buxoro shahrining mahobatli me’morchilik yodgorliklari, muqaddas ziyoratgohlariga Yetti pirga sayohati tashkil etildi.

1.         Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy.

2.         Hoja Muhammad Orif Ar Revgariy.

3.         Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy.

4.         Xoja Ali Rometaniy.

5.         Xoja Muhammad Boboyi Samosiy.

6.         Sayyid Amir Kulol.

7.         Hazrat Bahouddin Naqshband.

Sayohat davomida sayohatchilar “Moxi Xossa” saroyi, Ark qo‘rg‘oni, Labi Hovuz, Poyi Kalon majmualari kabi 25 dan ortiq tarixiy yodgorliklarning tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Samarqand shahrida.

Samarqand shahrida sayohat O‘zbekistonimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning qabrini ziyorat qilish va haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. Birinchi Prezidentimizni ziyoratiga insonlar shu darajada ko‘pligini ko‘rib, xalqimiz u kishini qanchalar yaxshi ko‘rishi va hurmat qilishini yana bir bor his qilish mumkin. Hazrati Xizr va Birinchi Prezidentimiz qabrlari atrofida juda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilganligi guvohi bo‘ldik.

Sayohatchilar Imom Al-Buxoriy majmuasida bo‘lishib, mustaqillik yillarida bu yerda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdi.

Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, shohi Zinda ansambli, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon maydoni va shahardagi zamonaviy inshootlar, Samarqandning ko‘hna obidalari, qolaversa, keng va ravon ko‘chalari, xiyobonlar va boshqa zamonaviy inshootlar har bir sayohatchini o‘ziga maftun etdi.

Bundan tashqari kasaba uyushmasi a’zolarimiz yana bir bor yurtimiz qanchalar buyuk o‘tmishga ega ekanligini, istiqlol inshootlari o‘z salobati va maxobati bilan dunyoni hayratga solayotganligiga guvoh bo‘lishdi. Bu ishlarga bosh bo‘layotgan Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning umrlari uzoq va doimo sog‘ bo‘lsin, tinchligimiz abadiy bo‘lsin deb, ziyoratchilarimiz duo qilishdi.

Har bir ziyorat kishiga ulkan ruhiy va ma’naviy kuch bag‘ishlab, yangi marralarni egallashga rag‘bat uyg‘otadi.

Har bir inson o‘zi yashayotgan maskanning tarixini nafaqat chuqur bilishi, balki e’zozlashi, targ‘ibot qilishi zarur. Buxoroyi sharif hamda Samarqand shahri bo‘ylab sayohatlar juda mazmunli bo‘lib, bizda katta taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlar mehnatga ishtiyoqni yanada kuchayishi va ish samaradorligi ortishga zamin yaratadi deydi, Bo‘stonliqtumani 54-sonli maktab-internat o‘qituvchisi B.Yertaeva.

IMG_0018 - копия


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar