27/10/2017
Angor tumanida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

09 - копия

Joriy yilning 24-oktabr kuni Angor tumanidagi 9-musiqa va san’at maktabida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman kengashi va xalq ta’limi bo‘limi tomonidan “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi Respublika ko‘rik-tanlovi”ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik tanlovda 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy va axloqiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Suvonova Dilfuza birinchi o‘rinni egalladi va viloyat bosqichida qatnashishga yo‘llanma oldi.

Tadbir so‘nggida direktor o‘rinbosarlariga kasaba uyushmasi tuman kengashining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

02 - копия


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar