29/03/2018
Qarshi davlat universitetida jamoa shartnomasi bajarilishi muhokama qilindi

12018-yil 27-mart kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida 2017-2019 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2017-yilda bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining konferensiyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Sh.Kubayev, “Ishonch” gazetasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha muxbiri A.Abdiyevlar ishtirok etdilar.

Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha, dastlab, jamoa shartnomasining 2017-yilda bajarilishi haqida universitet rektori, professor B.Shoimqulov va universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi T.Valiyevlarning hisobotlari tinglandi.

So‘ngra jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilib boruvchi komissiyaning tekshiruv dalolatnomasi komissiya a’zosi, katta o‘qituvchi A.Sultonov tomonidan o‘qib eshittirildi.

Kun tartibidagi so‘nggi masala bo‘yicha “2018-yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Konferensiya davomida mehnat jamoasi vakillari muzokaraga chiqib o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.

Konferensiya kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2

 


Ijtimoiy himoya, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar