20/07/2018
Xalqaro hamkorlik – rivojlanish omili.

1F2A4815

Memur-Sen Konfederasyonu Eğitimciler Birliği Sendikası (Turkiya ta’lim kasaba uyushmasi)ning tashabbusi bilan 2018 yil 20 iyul kuni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida davra suhbati tashkil etildi.

Turkiya ta’lim kasaba uyushmasi tomonidan Memur-Sen Konfederasyonu Eğitimciler Birliği Sendikası raisi Ali Yalçin, Memur-Sen Konfederasyonu Eğitimciler Birliği Sendikası vitse-prezidentlari Latif Selvi va Ramazan Çakircidan iborat delegatlar tashrif buyurishdi.

Tomonlar davra suhbati avvalida qardosh xalqlarning mustahkam madaniy-ma’rifiy aloqalari, rivojlanib borayotgan o‘zaro munosabatlarni yuqori baholab, tashrif va qabul uchun samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

1F2A482111111

Shundan so‘ng, kasaba uyushma tashkilotlarining tashkiliy tuzilmalari, ularning davlat boshqaruvidagi ishtiroki hamda ijtimoiy sherikchilik munosabatlari, a’zolik va a’zolik badallari, kasaba uyushma a’zolariga ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy yordam ko‘rsatish sohalarida o‘zaro fikr almashishdi.

Davra suhbati yakunida 2018 yil 31 avgust – 1 sentyabr kunlari Istambul shahrida o‘tkaziladigan “Globallashuv, ta’lim va kasaba uyushmalari” Xalqaro simpoziumiga 90 ga yaqin davlatlar kasaba uyushma tashkilotlari qatorida Respublika kengashi delegatlarini ham taklif etishdi.

Shuningdek, tomonlar o‘zlarining milliy va an’anaviy esdalik sovg‘alari bilan bir-birlarini taqdirlashdi va kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

1F2A4823


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar