16/07/2018
“Kichkintoylar-shirintoylar” sport musobaqasi tashkil etildi.

11 Bolalarni jismoniy va aqliy rivojlantirish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish va yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish bugungi kunda jamiyat oldidagi muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda, Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 14 iyul kuni muassasadagi tarbiyalanuvchilar o‘rtasida “Kichkintoylar-shirintoylar”  sport musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada tarbiyalanuvchilarning yoshiga mos, ularni aqliy va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan sport o‘yinlari, xususan to‘siqlardan aylanib  o‘tish, yugurish va sport anjomlari bilan ishlash kabi shartlarda o‘zaro kuch bellashishdi.

Bu kabi tadbirlar tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega ekanligi ota-onalar tomonidan ham  e’tirof etildi. Sport tadbiri so‘ngida musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblari taqdirlanishdi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar