09/07/2018
Kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlari mavqei va nufuzini oshirish, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish – bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.

1

Joriy yilning 6-7 iyul kunlari Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi viloyat tashkiloti Raislar kengashi va viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorligida shahar, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining 95 nafari ishtirokida Al-Farg‘oniy dam olish uyida ikki kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv-seminarni o‘tkazishdan maqsad, bugungi kunda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining huquqiy savodxonligini yanada oshirishda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar asosida ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish orqali maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda ish tajribalarini ommalashtirishga va ularni sog‘lomlashtirishga qaratildi.

O‘quv-seminarda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh yuriskonsulti D.Muxamedalieva hamda viloyat kasaba uyushmasi tashkilotlari birlashmasi mas’ul xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

4

O‘quv-seminar davomida mehnat qonunchiligi, Xalqaro va milliy mehnat standartlari, kasaba uyushmasiga a’zolik badallarini taqsimlash, kasaba uyushmasida ish yuritishni tashkil etish, hujjatlarni rasmiylashtirish va Ustav talablari asosida ish olib borish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, majburiy mehnatga barham berishda joylarda tizim xodimlarining o‘z vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb etilishiga va ularning kafolatlangan mehnat huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmaslik ustidan doimiy monitoring yuritish vazifalari belgilab olindi.


Yangiliklar, Yurist darchasi, Без рубрики

Izlash

 

So`ngi e`lonlar