13/08/2018
Maktabgacha ta’lim muassasalari oshpazlari e’tiborda.

photo_2018-09-08_18-52-09

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda O'zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o'rtasida 2018-2020 yillarga mo'ljallangan tarmoq kelishuvi ijrosini ta'minlash, maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari o'rtasida tajriba almashishni tashkil etish, ularni rag'batlantirish maqsadida joriy yilning 11 avgust kuni Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi "Xonbaliq" oromgohida maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlari o'rtasida "Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi" va maktabgacha ta'lim muassasalari o'rtasida "Yilning eng namunali oshxonasi" ko'rik-tanlovlari tashkil etildi.

Ushbu tanlovda ishtirokchilar sog’lom ва foydali ovqatlanishni targ'ib etish, oshpazlarning taom retseptlari to'g'risidagi bilimlari, bolalar uchun mo'ljallangan ovqatlarga qo'yiladigan talablar, ularni tayyorlash texnologiyalari, tarqatish qoidalari hамdа poliz mahsulotlarining miqdor ва normalari, shuningdek, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bo'yicha baholandi.

Joriy yilning iyun-iyul oylarida ko'rik-tanlovning birinchi bosqichida barcha maktabgacha ta'lim muassasalarining oshpazlari, ikkinchi bosqichda tumаn, shаhаr maktabgacha ta'lim muassasalari bosqichi g'oliblari, Respublika bosqichida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Тоshkent shahar bosqichi g'oliblari ishtirok etishdi. "Yilning eng namunali oshxonasi" ko'rik-tanlovi taqdim etilgan hujjatlar asosida baholanib borildi.

photo_2018-09-08_18-51-13

"Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi" ko'rik-tanlovi Respublika bosqichida 1-o'rinni Farg'ona shahridagi 52-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi A.G'ulomov, 2-o'rinni Yashnobod tumanidagi 359-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi О'.Мuhаmmаdsоliyeva, 3-о'rinni Yuqori Chirchiq tumanidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi M.Begmatovalаr egalladi.

"Yilning eng namunali oshxonasi" ko'rik-tanlovi Respublika bosqichida 1-o'rinni Zomin tumanidagi 9-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi, 2-o'rinni Samarqand shahridagi 68-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi,  3-o'rinni Beshariq tumanidagi 3-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi egalladi.

Ko'rik-tanlov g'oliblari va ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

 


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar