07/09/2018
“Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

T.Valiyev

     Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Qarshi davlat universitetida ham “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi” va “Bilimlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor o‘qituvchilari, talaba yoshlar, ularning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori, professor B.Shoimqulov ochib berdi. Universitet rektori o‘z so‘zida xalqimizning azaliy orzusi, milliy o‘zligimizni teran his qilish, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lmish istiqlolning ahamiyati, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish, shu tabarruk zaminda yashayotgan har bir fuqaroning burchi ekani ta’kidlab, yig‘ilganlarni yangi o‘quv yili bilan samimiy qutladi. Shundan so‘ng g‘urur va iftixor timsoli sanalmish O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Universitetga birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarni qutlash uchun universitet professori T. G‘afforova, universitet boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi T.Valiyev, imtiyozli ravishda kirish imtihonlarisiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talaba-yoshlar nomidan magistratura mutaxassisligi O‘zbek tili yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Sh.Bobojonova, Pedagogika fakulteti Psixologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi M.Shukurovalar so‘zga chiqishdi.

     – “Bugun men uchun hayotimdagi eng quvonchli kunlardan biri”,-deydi Pedagogika fakulteti Psixologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Mahliyo Shukurova. – “Prezidentimizning biz yoshlarga qaratayotgan yuksak e’tiborlari tufayli O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyanomasi asosida davlat granti asosida talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldim. Nasib etsa, bu yerda oladigan bilim va ko‘nikmalarim bilan Vatanimiz ravnaqi yo‘lida hissa qo‘shadigan yetuk kadrlardan biri bo‘lmoqchiman”.

     Tadbirda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar ko‘ngliga yanada xushnudlik baxsh etdi. Shundan so‘ng barcha talabalar mustaqillik darslarini o‘tishlari uchun belgilangan auditoriyalarga chorlandi.

 

                   To‘ychi Valiyev                                                                                           
Qarshi davlat universiteti
boshlang‘ich
    kasaba uyushma qo‘mitasi raisi                                                                


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar, Yoshlar birlashmasi

Izlash

 

So`ngi e`lonlar