28/09/2018
“O‘qituvchining jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy o‘rni” mavzusida “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.

1F2A852000

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018 yil 18 yanvardagi “Mehnatkashlar o‘rtasida milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha 2018 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 9-18 “s”-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan joriy yilning 28 sentyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining katta majlislar zalida “O‘qituvchining jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy o‘rni” mavzusida “Ma’naviyat soati” tashkil etildi. “Ma’naviyat soati”ni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari B.Maxmadaliev ochib berdi.

     Tadbirda, XXI asr – yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar asri,  bunday avlodni tarbiyalashda ustoz-murabbiylarning xizmati beqiyosligi, mamlakat farovonligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan xalqning savodli bo‘lishi uchun o‘qituvchilarning xizmati beqiyosligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-sonli Farmoni qabul qilinishi jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini va obro‘-e’tiborini yanada oshirish yo‘lidagi katta qadam bo‘lganligi ta’kidlandi.

1F2A8525

     Ushbu tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Demografiya va mehnat bozori ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, iqtisod fanlari doktori, professor B.H.Umrzoqov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzachi o‘z so‘zida dunyodagi barcha kasblar ichida o‘qituvchilik  kasbi azaldan qadrlanib, e’zozlanib kelinishi, u bo‘lajak insonni tarbiyalishi,  ta’lim berishi, har bir inson qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirishda zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usini asrab-avaylashi, har yili mamlakatimizda 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, bu ulug‘ zotlarning mashaqqatli, ammo sharafli mehnati qadrlanib kelayotgani – kelajak avlodga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi ekanligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

1F2A8528     Yig‘ilish so‘ngida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida tuzilgan tarmoq kelishuvlari va jamoa shartnomalari orqali kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha o‘qituvchi, murabbiylarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlari himoya qilib kelinayotganligi ta’kidlandi. “Ma’naviyat soati”da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Kasaba uyushmalari Respublika, Toshkent shahar va Toshkent viloyati tashkilotlari birlashmasi Kengashlari, “Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari tahririyati, Sanator-kurortlar boshqarmasi apparatining 115 nafar xodimlari ishtirok etishdi.


Bosh sahifada aylanish, Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar