15/10/2018
“Mehnat munosabatlari sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi

20 (2)

2018 yilning 12 oktyabr kuni Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Toshkent shahridagi madaniyat muassasalari ish beruvchilari, kadrlar bo‘limi va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirokida mehnat qonunchiligiga oid me’yoriy hujjatlarini mustahkamlash, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyasi, mehnatni muhofaza qilish hamda moliyaviy masalalarga oid mavzulardagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda 250 nafardan ortiq Toshkent shahridagi madaniyat muassasalari – Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi, tuman madaniyat bo‘limlari va aholi dam olish markazlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, musiqa maktablari, teatrlar, muzeylar va boshqa muassasalarning ish beruvchilari, xodimlar bo‘limi (vazifa yuklangan mas’ul xodimlar) va kasaba uyushma tashkiloti raislari hamda tuman kengashlari raislari ishtirok etishdi.

Tadbirda mamlakatimizda muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbariligida barcha sohalarda olib borilayotgan izchil islohotlar mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Mazkur islohotlar avvalombor, xalqimiz – fuqarolarimiz va mehnatkashlarimizning manfaatlari uchun olib borilayotganligi ta’kidlandi.

17 (2)

Shuningdek, o‘quv-seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik bo‘yicha 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan tarmoq Kelishuvi tuzilgan va ijrosi ta’minlab borilayotganligi aytilib, tashkilot va muassasalarda mehnat qonunchiligiga oid me’yoriy hujjatlarni mustahkamlash, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasi, mehnatni muhofaza qilish hamda moliyaviy masalalarga oid mavzularda fikr almashildi.

Respublika kengashining mas’ul xodimlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi. Ishtirokchilar bilan ochiq davra suhbati tashkil etilib, rejalashtirilgan barcha masalalar batafsil ko‘rib chiqildi hamda berilgan savollarga tushuntirish va javoblar berildi.

 


Bosh sahifada aylanish, Ijtimoiy himoya, Mehnat-muhofazasi, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar