16/01/2019
Kasaba uyushma a’zolarining harbiy vatanparvarlik oyligidagi faoliyati

Жиззах12Jizzax davlat pedagogika instituti kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan harbiy vatanparvarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi tadbirlar rejasi doirasida institutda ko‘p yilllardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan nafaqa yoshidagi professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonlarida faol, ilmiy-pedagogik yutuqlarga erishayotgan ilg‘or o‘qituvchilar hamda Jizzax shahridagi 25931-sonli harbiy qism zobitlari va Markaziy harbiy okrugga qarashli Serjantlar tayyorlash maktabining o‘n nafar tinglovchilari bilan birgalikda Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Ushbu tashrif mobaynida ziyoratchilar imom al-Buxoriy ziyoratgohi, Registon ansambli, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohizinda majmui, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov maqbarasi va haykali, Ulug‘bek observatoriyalariga sayohat qilib, yakunda Markaziy harbiy okrugga qarashli Serjantlar tayyorlash maktabiga tashrif buyurdilar. Sayohatchilar ushbu maktab faoliyati bilan tanishib, zamonaviy qurol-aslahalar, harbiy texnikalar ko‘rgazmasida ishtirok etdilar.Жиззах

Sayohatchilar Samarqand shahridan benihoyat katta taassurotlar bilan qaytishib, sayohat tashkilotchisi Jizzax pedagogika instituti kasaba uyushma qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar