01/02/2019
Ijtimoiy himoya – ijtimoiy rivojlanishning asosi

1-расм

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoyaning o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish masalalariga katta urg‘u berildi. Chunki iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi.

2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi. Ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish zarurligi, binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shartligi ta’kidlandi. Hammamizga ma’lumki kasaba uyushma tashkilotlari xodimlarni ijtimoiy mehnat huquqlarini himoya qiluvchi yirik nodavlat notijorat tashkilot hamda mehnatkashlarning vakolatli vakillik organi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi 18 000 ga yaqin tashkilotda mehnat qilayotgan 1,5 mln. nafardan ortiq kasaba uyushma a’zolarini o‘z atrofiga birlashtirgan.

2-расм

Tarmoq xodimlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish maqsadida tegishli vazirlik idoralar bilan 8 ta tarmoq kelishuvlari imzolagan. Tarmoq kelishuvlari xodimlarning ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy himoyasi, ularning mehnat va dam olishi, sog‘lomlashtirilishi, mehnat munosabatlarini yanada tartibga solish, mehnat qonunchiligi buzilishini oldini olishga qaratilgan mehnat me’yorlarini o‘z ichiga olgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-moddasiga ko‘ra kasaba uyushmalari mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini nazorat qiluvchi tashkilot hisoblanadi. Shu tufayli quyi bo‘g‘in kasaba uyushma tashkilotlari vakillariga mehnat qonunchiligidagi yangiliklar, xodimlarning ijtimoiy himoyasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish maqsadida muntazam ravishda o‘quv seminarlari tashkil qilish an’naga aylangan.

4-расм

Shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan ijtimoiy himoya masalalarida tarmoq kasaba uyushma tashkiloti 2019 yilda bir qator vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Shu munosabat bilan, 2019 yil 1 fevral kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining katta majlislar zalida “Ijtimoiy himoya – ijtimoiy rivojlanishning asosi” mavzusidagi o‘tkazilgan seminar aynan shu masalalarga qaratildi.

Mazkur tadbirda ijtimoiy himoya muammolarini yechishda kasaba uyushma tashkilotlarining roli hamda ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlari muammolarini yechishdagi ijtimoiy muloqot prinsiplariga alohida e’tibor berildi. Seminarda Toshkent shahri, Toshkent viloyati tuman va shahar kengashlari raislari, oliy ta’lim va madaniyat muassalarining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirok etdilar.

Shuningdek, seminarda ijtimoiy himoya mexanizmlari bilan bir qatorda soliq tizimidagi yangi o‘zgarishlar yuzasidan ham soliq idoralari vakillarining ham ma’ruzalari tinglandi.


Bosh sahifada aylanish, Ijtimoiy himoya, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar