08/02/2019
Mehnat jamoalarida jamoa shartnomalari bajarilishining muhokamasi davom etmoqda.

00

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman kengashiga a’zo tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomalarining bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazish jadvaliga muvofiq 2019 yil 8 fevral kuni tumandagi 21-sonli umumiy o‘rta maktabida muassasa ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi muhokama etildi.

Mazkur mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov, Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi J.Yaratov, Respublika kengashining Sirdaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi A.Mamarasulov va tuman kengashi raisi M.Haitqulovlar ishtirok etishdi.

Umumiy yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori – ish beruvchi D.Boboxodjaev, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi L.Anarqulovalarning 21-sonli umumiy o‘rta maktabida muassasa ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi to‘g‘risida hisobotlari, jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib boruvchi Komissiya raisi S.Rustamovning ma’lumotnoma-dalolatnomasi eshitildi.

000

Berilgan hisobotga muvofiq, amaldagi jamoa shartnomasi 16 ta bo‘lim 142 ta banddan iborat bo‘lib, yil davomida 136 ta bandning to‘liq ijrosi ta’minlangan. Ta’lim muassasasida 701 nafar o‘quvchi yoshlarga ta’lim, tarbiya  berish uchun 68 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ulardan 44 nafari ayollar, 11 nafari pensiya yoshidagi ishlovchilar va 7 nafari yoshlardan iborat.

Jamoada ko‘plab madaniy-ma’rifiy, turistik va sport tadbirlari o‘tkazilishi bilan birgalikda, direktor fondi va kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan xodimlarga moddiy yordam va rag‘batlantirish, sanatoriylarga sog‘lomlashtirish uchun yo‘llanmalar ajratilganligi, ularning farzandlarini sog‘lomlashtirish, xodimlarning reja asosida malakasi oshirib borilayotganligi, ish haqi va mehnat ta’tillari o‘z vaqtida berilayotganligi, muassasada mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sog‘lom va xavf-xatarsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasida tegishli normativ hujjatlarga muvofiq ishlar amalga oshirilganligi, jamoada yo‘lga qo‘yilgan “Ustoz-shogird” an’anasining afzalliklari, hisobot yilida jamoada mehnat nizolari sodir bo‘lmaganligi, muassasada xodimlar uchun yaratilgan qulay mehnat sharoitlari haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, muhokama davomida kasaba uyushma a’zolarining ham fikrlari eshitildi.

Yig‘ilish so‘ngida tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov kasaba uyushmasi a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, davlatimiz tomonidan ular uchun yaratilayotgan qo‘shimcha imtiyoz va imkoniyatlar, sohada olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, kasaba uyushma a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Mehnat jamoalarida jamoa shartnomalarining bajarilishini muhokama qilish davom etmoqda.

 


Bosh sahifada aylanish, Kelushuvlarga oid ma`lumotlar, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar