10/10/2013
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2011-2013 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvining 2011 yilda bajarilishi hamda 2012-2014 yillar uchun tarmoq kelishuvini tuzish to‘g‘risida

oliytalimO‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2011-2013 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvida qayd etilgan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Tarmoq kelishuvining asosi O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunni hayotga tatbiq etgan holda, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi muassasalar xodimlari va talabalarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda haq-huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan. Shu bois, mazkur kelishuvda qayd etilgan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishda soha xodimlarining mehnat huquqlari, ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy va sport-sog‘lomlashtirish masalalariga alohida e'tibor berildi.

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturlarini amalga oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoit hamda imkoniyatlarni yaratish ishlarida faol ishtirok etish ta'lim sohasi xodimlarining ustuvor vazifasidir. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi, 2010 yilning asosiy yakunlari va 2011 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzalarida barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar chuqur tahlillar bilan asoslab berildi va mamlakatimiz taraqqiyotining galdagi bosqichida bajarilishi zarur vazifalar aniq belgilandi. 

Xususan, tarmoq xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy himoyasiga oid muammolarini muhokama etib borish hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilab olish maqsadida, kasaba uyushma tashkilotlari va ularning ijtimoiy sheriklari bo‘lgan idoralar rahbarlari bilan muhokamalar o‘tkazish amaliyoti joriy etildi. 

Har yilda bir marotaba kasaba uyushmasi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi muassasalar faollari ishtirokida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasiga doir muammolarga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazib borildi. Markaziy kengash tomonidan joylarda jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi huquqiy maslahatxona guruhlari tashkil etildi va xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Har bir mehnat jamoalarida, mahallalarda, tizimdagi o‘quv yurtlarida huquqiy masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv va davra suhbatlari uyushtirildi. Yangi tuzilgan boshlang‘ich tashkilotlar hujjatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilishini ta'minlash, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalarga e'tibor qaratildi. Yuqorida qayd etilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Markaziy kengash o‘rtasida tuzilgan tarmoq kelishuvining izchil bajarilishini ta'minlashga xizmat qildi.  

Tarmoq kelishuvining bajarilishiga doir amalga oshirilgan ishlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2011-2013 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi orqali pedagog xodimlarni, ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat qilish va dam olishlari uchun qulay sharoitlarni yaratib berish borasidagi 2011 yilga rejalashtirilgan barcha vazifalar bajarilgan deb hisoblash mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Xay'ati hamda tarmoq xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati 2011-2013 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvining bajarilishini e'tirof etgan holda hamda mazkur tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, pedagog-xodimlar va talabalarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va intellektual manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi hamkorligini davom ettirish maqsadida qaror qiladi.

To`liq matnni quyudagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

_word O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2011-2013 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvining 2011 yilda bajarilishi hamda 2012-2014 yillar uchun tarmoq kelishuvini tuzish to‘g‘risida.


Ijtimoiy himoya, Kelushuvlarga oid ma`lumotlar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar