15/11/2013
Kasaba uyushma qo‘mitasining “KO‘CHMA KUBOGI” uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi

3    Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2013 yilning 7-13 noyabr kunlarida professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha Kasaba uyushma qo‘mitasining “KO‘ChMA KUBOGI” musobaqasi tashkil etildi.

   Musobaqaning asosiy maqsadi universitet professor-o‘qituvchi va xodimlarining jismoniy va ruhiy sog‘lomligini mustahkamlash, jismoniy tarbiyani professor-o‘qituvchi va xodimlar hayotida kundalik ehtiyojga aylantirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iboratdir.

   Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, universitetda sport-sog‘lomlashtirish sohasiga va moddiy texnik bazasini mustahkamlashga alohida ahamiyat bermoqda. An'anaga aylangan bunday tadbirlar nafaqat talaba-yoshlar o‘rtasida, balki professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘rtasida ham keng o‘tkazilib kelinmoqda. Tashkil etilayotgan bunday musobaqa g‘oliblari universitet Kasaba uyushma qo‘mitasining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanib kelinmoqda.

      Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada universitet xodimlari (ma'muriyat), barcha fakultetlar, G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali va Aniq fanlarga ixtisoslashgan davlat umum-ta'lim maktabi (AFIDUM) professor-o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etdilar.

       Jami 10 ta jamoa ikki guruhga bo‘linib, musobaqalarga start berildi. “A” guruhidan Ma'muriyat, Xalqaro turizm, Iqtisodiyot, Axborot texnologiyalari va statistika fakultetlari va G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filiali jamoalari joy olishdi. “B” guruhida esa, Biznes, Buxgalteriya hisobi va audit, Menejment, Bank ishi fakultetlari va Aniq fanlarga ixtisoslashgan davlat umum-ta'lim maktabi (AFIDUM) jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.

     Guruh bahslari yakuniga ko‘ra, “A” guruhidan Ma'muriyat va Iqtisodiyot fakulteti jamoalari keyingi bosqichga yo‘l olishdi. “B” guruhida esa, Bank ishi va Aniq fanlarga ixtisoslashgan davlat umum-ta'lim maktabi (AFIDUM) jamoalari kuchliroq ekanliklarini isbotlashdi.

     13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan final bahslarida III o‘rin uchun va Bank ishi va AFIDUM jamoalari kuch sinashishdi. Unda Aniq fanlarga ixtisoslashgan davlat umum-ta'lim maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. I o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan Ma'muriyat va Iqtisodiyot fakulteti jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobi bilan yakuniga yetdi. G‘olibni aniqlash uchun belgilangan penaltilar seriyasida omad Iqtisodiyot fakulteti jamoasiga kulib boqdi.

     Musobaqalar so‘ngida g‘olib jamoalar va jamoa a'zolari Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan dimlom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

    Xususan, 1-o‘rinni egallagan Iqtisodiyot fakulteti jamoasiga bosh sovrin – Kasaba uyushma qo‘mitasining “KO‘ChMA KUBOGI”, I darajali diplom va esdalik sovg‘alari, medallar topshirildi. 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Ma'muriyat jamoasiga II darajali diplom va jamoa a'zolariga sport kiyimlari topshirildi. 3-o‘rinni egallagan  AFIDUM jamoasiga III – darajali diplom va jamoa a'zolariga futbol to‘plari topshirildi.

    Shuningdek, turnirni adolatli va haqqoniy tarzda boshqarib borgan hakamlar jamoasiga ham Kasaba uyushma qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

1  2


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar