20/02/2014
Tarmoq kelishuvi ijrosi

DSCN3647O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'limi, Madaniyat va sport vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi bilan tarmoq Kelishuvlarini imzolagan. Ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida 2013 yilning noyabr oyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi bilan Markaziy kengashi o‘rtasida 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan tarmoq kelishuvlarini imzolashga erishildi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

    2014 yilning 12 fevral kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining O‘quv markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvining 2013 yildagi ijrosi yuzasidan qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Tarmoq kelishuvi bajarilishini nazorat qiluvchi komissiyalar qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan bo‘lib, barcha komissiya a'zolari ushbu yig‘ilishda  ishtirok etdilar.

     O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari B.Usmonov, Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari A.Xolbekov, Madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘.Rejabov hamda O‘rta maxsus, kasb – hunar ta'limi markazi direktori o‘rinbosari X.Zikrillayevlar tarmoq kelishuvining ijrosi yuzasidan hisobot berdilar. Markaziy kengash raisi R.Bedilov Bosh kelishuvning ahamiyati, tarmoqda olib borilayotgan islohatlar, kelishuv bandlarining bajarilishi borasida ma'ruza qildi. Yil davomida amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini berayotganligi, xodimlarning ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy himoyasi, ularga havfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi, ish vaqti va dam olish vaqtlari, mehnat qonunchiligini olish va mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalari keng muhokama qilindi.

    Shuningdek, yig‘ilish so‘nggida ko‘ra tarmoq kelishuviga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yuzasidan qo‘shma qaror qabul qilindi.

DSCN3649 DSCN3651 DSCN3654 DSCN3656 DSCN3658 DSCN3662


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar