25/02/2014
Jamoa shartnomalari-ijtimoiy sherikchilik negizi sifatida

IMG_23612014 yil 21 fevral kuni Namangan shahar 7-umumta'lim maktabida ma'muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2009-2013 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasini bajarilishi hamda 2014-2016 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasini qabul qilishga qaratilgan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi R.Bedilov, Markaziy kengashning Namangan viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi-L.G‘aniyev, ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar kengashi raisi-M.Gafarovalar ishtirok etdilar.

    Namangan shahar 7-umumta'lim maktabi jamoasi umumiy yig‘ilishida 149 nafar maktab xodimlaridan 120 nafari ishtirok etishdilar. Uzrli sabablar bilan 29 nafar xodim yig‘ilishda ishtirok etishmadilar.

     Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar qo‘yildi:

   1. Namangan shahar 7-umumta'lim maktabida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza etish yuzasidan maktab ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2009-2013 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasini 2013 yilda bajarilishi to‘g‘risida.

   2. Namangan shahar 7-umumta'lim maktabida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza etish yuzasidan maktab ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2014-2016 yillar uchun jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilish to‘g‘risida.

     Namangan shahar 7-umumta'lim maktabida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza etish yuzasidan maktab ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2009-2013 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasini 2013 yilda bajarilishi haqida ma'ruza uchun so‘z maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi T.Abdullayevaga berildi.

   Ma'ruzachi o‘tgan yillar davomida jamoa shartnomasi orqali erishilgan yutuqlar, shart-sharoitlar, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasi borasida olib borilgan ishlarga batafsil to‘xtaldi.

  Navbatdagi ma'ruzachi maktab direktori F.Ramazanova kasaba uyushmasi a'zolari oldida ish beruvchi sifatida jamoa shartnomasining ijrosi yuzasidan hisobot berdi.

    Kasaba uyushmasi faoli F.Madraximov jamoa shartnomasining 2013 yilda bajarilishi haqida tekshiruv dalolatnomasini o‘qib eshittirdi. Jamoa shartnomasining qaysi bandlari bajarilganligi va qaysi bandlari bajarilmaganligi sabablari haqida batafsil ma'lumot berdi.

   Shuningdek, yig‘ilishda kasaba uyushmasi a'zolaridan D.Usmanova, R.Yunusova, N.Xoshimova, L.Koraxanovalar jamoa shartnomasini ijrosi hamda yangi muddatga qabul qilinayotgan jamoa shartnomasi loyihasi yuzasidan muzokara uchun so‘zga chiqdilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

   Muzokarada O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi Bedilov Ravshan Melsovich so‘zga chiqib, tarmoq kasaba uyushmasida olib borilayotgan islohatlar, jamoa shartnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida so‘zladi. Shuningdek, maktab direktori F.Ramazanova ilgari bir necha yillar maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlaganligi, kasaba uyushmasi kadrlar zahirasini shakllantirishda katta maktab rolini o‘ynayotganini, bu esa tarmoq kasaba uyushmasining yutuqlaridan biri ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

    Yig‘ilish yakunida jamoa shartnomasining 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan loyihasi bir ovozdan ma'qullandi.

IMG_2335 IMG_2331 IMG_2325 IMG_2324 IMG_2313


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar