26/02/2014
Sirdaryo viloyatida “Mehnat qonunchiligi-jamoatchilik nazoratida” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi

SAMSUNG CAMERA PICTURES2014 yilning 25 fevral kuni O‘zbekiston ta'lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashining Sirdaryo viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi tashabbusi bilan Viloyat o‘rta maxsus kasb-xunar ta'limi boshqarmasi hamkorligida “Mehnat qonunchiligi-jamoatchilik nazoratida” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘quv-seminarda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashining yuriskonsulti Muxamedaliyeva Dilbar Abduraxmanovna, Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yuridik bo‘limi mudiri Umaraliyeva Shirinoy, mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mutaxassisi Taniqulov Ulug‘bek, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shaxar kengashi raislari ishtirok etishdi.

O‘quv-seminarda viloyatdagi barcha Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarining boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda kadrlar bo‘limi rahbarlari qatnashdilar.

O‘quv-seminarda mehnat shartnomalarining tuzilishi-bekor qilinishi, kelishuvlar va jamoa shartnomalarini imzolanishi hamda mehnat muhofazasi yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari va boshqa o‘quv-seminar qatnashchilariga ish jarayonida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi.

SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar