04/03/2014
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xiva tuman kengashi tomonidan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan XI Ayollar spartakidasi o‘tkazildi

Хива  аёллар спартакиадасиO‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2014 yil 22 yanvardagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining yangi tahrirdagi jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu Konsepsiya barcha boshlang‘ich tashkilotlarga yetkazildi va Konsepsiyadan kelib chiqib, sportni ommaviyligini oshirish maqsadida va ayniqsa ayollarni salomatliklarini  mustaxkamlash, kasallikka chalinishlarini oldini olish xamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba  uyushmasi Xiva tuman kengashi, Xiva tuman hokimligi, tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi, tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi bilan kelishgan qo‘shma qaror qabul qilindi. Qo‘shma qaror asosida 2014 yil “Sog‘lom bola yili” hamda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlab ta'lim-tarbiya sohasida ishlayotgan 30 yoshdan katta bo‘lgan ayollar o‘rtasida sportning 5ta turi bo‘yicha 3 bosqichli Ayollar spartakidasi o‘tkazildi.

Birinchi bosqich ta'lim muassasalarida ishlovchi ayollar o‘rtasida o‘tkazilib, boshlang‘ich tashkilotlardan saralangan ayollar hududiy bosqichlarda bellashdilar.

2014 yil 22 fevral kuni spartakiadani tuman bosqichida 28ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqalar ko‘tarinki ruhda tashkil qilinib, ayollarimiz nafaqat faol ishtirok etdilar, balki, g‘oliblar qatorida bo‘lish uchun kurashdilar.

XI Ayollar spartakidasiga tumandagi 20-son mexribonlik uyi raxbari, O‘zbekiston Qaxramoni Pak Vera Borisovna, tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri Xolmurod Qodirov, tuman hokimligi ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari, tuman hokimligi tashkiliy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari taklif qilindi.

Spartakidaning ochilishi marosimida tumandagi 20-son mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, 97-son ixtisoslashtirilgan Davlat maktab-internati tarbiyalanuvchilari hamda Yangiobod sport maktabi o‘quvchilari o‘zlarining konsert dasturlari, chiroylari raqslari hamda badiiy gimnastika bo‘yicha chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

Spartakiada dasturidan:

I.       Stol tennisi.

II.      Shashka.

III.     Stritbol.

IV.    Yengil atletika (uzunlikka turgan joydan sakrash).

V.     Arqon tortish sport turlari joy oldi.

 

Musobaqalarda kasb-hunar kollejlari, umumta'lim maktablari, madaniyat xodimlari tashkilotlaridan 250 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdilar.

Sport turlari bo‘yicha quyidagicha natijalar qayd etildi:

 

I.Stol tennisi:

1 – o‘rin. G.Polyazova (Pedagogika kasb-xunar kolleji);

2 – o‘rin. Sh.Yusupova (1-son maktab);

3 – o‘rin. O‘.Iskandarova (9-son maktab);

3 – o‘rin. G.Gapparova (20-son mehribonlik uyi).

 

II.Shashka:

1.- o‘rin. O.Jumaniyazova (46-son maktab);

2 – o‘rin. N.Matniyazova (21-son maktab);

3 – o‘rin. S.Abdullayeva (2-son maktab).

 

III.Yengil atletika (turgan joyda uzunlikka sakrash):

 

1.- o‘rin. I.Matkarimova (97-maktab-internat);

2.- o‘rin.  D.Sattarova (9-son maktab);

3 – o‘rin.  M.Tangriberganova (48-son maktab).

 

IV.Stritbol:

1 – o‘rin. Pedagogika kasb-xunar kolleji;

2 – o‘rin. 97-son maktab-internati;

3 – o‘rin. 46-son maktabi;

3 – o‘rin. 20-son maktabi.

 

V.Arqon tortish:

1 – o‘rin. 53-son maktab;

2 – o‘rin. 46-son maktab;

3 – o‘rin. 28-son maktab;

4 – o‘rin. 4-son maktab.

DSC02538 Хива  аёллар  спартакиадаси Хива  аёллар  спорт


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar