07/03/2014
“Ayolni qadrlash-millatni qadrlash”

IMG_20140305_123946Talim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar kengashi tasarrufidagi boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida 8 mart-xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari yuqori saviyada hamda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Korxona, tashkilotlarda ishlovchi hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim oluvchi talaba qizlar orasida ularni hayotga va oilaga tayyorlash maqsadida “Ayolni qadrlash-millatni qadrlash” suhbatlar, uchrashuvlar, “Balli qizlar” mavzusida ko‘rik-tanlovlar tashkil qilindi.

Korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan faol xotin-qizlarni va mehnat faxriylarini bayram munosabati bilan 10 nafari moddiy rag‘batlantirildi. Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar kengashi xodimlarni, ayniqsa kasaba uyushma a'zolarining aksariyat qismini tashkil qiluvchi ayollarni sportga keng jalb qilish, ular orasida sportning ommaviyligini oshirish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish maqsadida “Ayollar spartakiadasi”ni o‘tkazish an'anaviy tus olgan.

Shahar ta'lim-tarbiya tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarni jismoniy-tarbiya va sportga yanada kengroq jalb qilish, sportning milliy va ommaviy turlarni rivojlantirish va bu orqali ayollar salomatligini mustahkamlash, har bir oilaga ayol, ona orqali jismoniy tarbiya va sportning kirib borishini ta'minlash, shu bilan birga sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va targ‘ib qilish maksadida Viloyat o‘rta mahsus kasb-xunar kolleji boshqarmasi hamda shahardagi Akademik litsey va kasb-xunar kollejlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida ayollar spartakiadasi 2014 yilning 5 mart kuni shahardagi xarbiy-yuridik litseyida o‘tkazildi. Cpartakiadada 10ta sport jamoasi, 100dan ortik xotin-kizlar qatnashdi. Spartakiadada sovrinli o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga shahar kengashining diplom va kimmatbaho sovg‘alari topshirildi. 

IMG_20140305_101535 IMG_20140305_102718 IMG_20140305_114654 IMG_20140305_124035


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar