07/03/2014
Buxoro viloyatida 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan otkazilgan turkum tadbirlar haqida

IMG_20140305_124035Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyat tuman, shahar kengashlari, oliy o‘quv yurtlari kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolni qadrlash-millatni qadrlash” shiori ostida turkum tadbirlar tashkil etildi.

Barcha ta'lim-tarbiya, madaniyat muassasalarida bayram munosabati bilan keng kulamli mazmunli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bayram munosabati bilan ta'lim, madaniyat muassasalarida ayolni, onani ulug‘lovchi ko‘rgazmalar tayyorlandi.

Jamoa shartnomlari orqali tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga moddiy va ma'naviy ko‘mak berish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Buxoro muhandislik texnologiya institutida 450 nafar xotin-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida 25 mln. so‘m, Buxoro davlat universitetida 425 nafar xotin-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida 70 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Tuman, shahar kengashlari tomonidan 31 nafar qariya-onaxonlar, mehnat faxriylari holidan xabar olindi. 66 nafar yosh bolali, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga 4 mln. 946 ming 500 so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. 798 nafar nafar mehnatda o‘rnak ko‘rsatib ishlayotgan faol xotin-qizlarni bayram munosabati bilan rag‘batlantirish maqsadida kasaba uyushma mablag‘laridan 15 mln. 457 ming 800 so‘m mablag‘ ajratildi.

Kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan bayram munosabati bilan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, Jondor tumanida xotin-qizlar ishtirokida “Ayol mehribon-ustoz” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. O‘zlarining namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘ladigan muhtaram onaxonlar, mehnat faxriylari bilan bir qator umumta'lim maktablarida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

4 mart kuni G‘ijduvon shaxridagi 10-son musiqa va san'at maktabida “Ayolni qadrlash-millatni qadrlash” shiori ostida musiqali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda 106 nafar maktabdan o‘qituvchi va ishchi xizmatchilar, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, ta'lim soxasida ko‘p yillar davomida mexnat qilib kelgan faxriy ayol o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Romitan tuman 2-maktabda “Kaftingda tut, asra ayolni”, 7-maktabda “Oila ko‘rki ayol”, Romitan Agrobiznes kollejida “Go‘zallik va nafosat gulshani” mavzularida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, 35-maktab, Romitan Sanoat kolleji xotin-qizlar o‘rtasida “Imkon shou” tanlovlari tashkil etildi. Bundan tashqari tashkilotlarda davra suxbatlari, uchrashuvlar o‘tkazildi. 5 mart kuni Romitan tumanida kasaba uyushma faollari ishtirokida “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida, Qorovulbozor tuman madaniyat saroyida “Jamiyatimiz ko‘rki, hayotimiz tayanchi ”mavzusida, 7 mart kuni Shofirkon tuman musiqa va san'at maktabida “Ayol-ustoz” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘ijduvon tuman kengashi tomonidan tarmoqda mehnat qilayotgan 40 nafar xotin-qizlar uchun Buxoroning muqaddas qadimjolari “Yetti pir” bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Xotin-qizlarni ommaviy sportga jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmushni targ‘ibot qilish maqsadida 21-22 fevral kunlari Buxoro shahrida, 1 mart kuni Olot pedagogika va sport kollejida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqalari, 6 mart kuni G‘ijduvon tuman 35-maktabda shaxmat-shashka, stol tennisi musobaqalari, 2-7 mart kunlari Jondor tumanidagi 25ta ta'lim maktablarida xotin-qizlar o‘rtasida sportning turli turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. 11 fevralda Kogon shahrida minifutbol bo‘yicha musobaqalarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar