01/03/2014
Xotin-qizlar sporti

Новый рисунок (1)Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tomonidan 2014 yil “Sog‘lom bola yili” va Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tarmoqda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni ommaviy sportga jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish  maqsadida joriy yilning 20-21 fevral kunlari umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqada 36 ta jamoadan 210 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etishdi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra 1-o‘rin 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasiga, 2-o‘rin 25-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasiga, 3-o‘rin Buxoro turizm kasb-hunar kolleji hamda 3-o‘rin Buxoro shahridagi 13-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoalariga nasib etdi. G‘olib jamoalar munosib taqdirlandi.

Новый рисунок

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar