14/03/2014
Bahoriy kayfiyat ila ziyorat

Новый рисунокO‘lkamizda bahor nafasi urib turibdi. Bahor faslining sayohatlari insonga o‘zgacha kayfiyat baxsh etadi.

Kasaba uyushma tashkilotlarida turizmni rivojlantirish maqsadida ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘ijduvon tuman kengashi tomonidan 2014 yilga mo‘ljallangan reja ishlab chiqildi. Rejada yil davomida tarmoq xodimlari, ularning oila a'zolari, ayniqsa yoshlarni respublikamizning tarixiy shaharlari, mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar bilan tanishtirish maqsadida qator tadbirlar belgilangan. Bahorning birinchi kuni tumandagi ta'lim va madaniyat muassasalarida mehnat qilayotgan 40 nafar xotin-qizlar va ilg‘or pedagoglar uchun Buxoro viloyatining   “Yetti pir” ziyoratgohlariga kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan sayohat tashkil etildi. Ota-bobolarimiz hoki-poyi bo‘lgan qadamjolar bo‘ylab sayohat qilgan xodimlar ko‘nglida Vatanga muhabbat, tariximizga hurmat, bugungi kunimizga shukrona tuyg‘ulari mujassam bo‘ldi. Har bir ziyoratchi farzandlarimizni ham milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalashni niyat qilib, sayohatdan xushkayfiyat, yangi kuch va g‘ayrat bilan qaytdi.

Ayniqsa, ziyoratda chiqqan xotin-qizlar uchun bu tadbir bayram tuhfasi bo‘lganligi aniq.

Новый рисунок (1) Новый рисунок (2) Новый рисунок (3) Новый рисунок (4)

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar