14/03/2014
“Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida”

кт1-06-215-04

2014 yilning 14 mart kuni O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi O‘rtachirchiq tuman kengashining tashabbusi bilan tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi hamkorligida “Xalqaro Mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish borasidagi vazifalar va korxona, tashkilotlarda mehnat munosabatlari to‘g‘risida”, “Mehnat qonunchiligi-jamoatchilik nazoratida” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashining yuriskonsulti Muxamedaliyeva Dilbar Abduraxmanovna, Markaziy kengashning Toshkent viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi Gulchehra Ergashevna Xolmuradovalar ishtirok etishdi.

O‘quv seminarida tumandagi barcha ta'lim muassasalari rahbarlari, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda kadrlar bo‘limi rahbarlari qatnashdilar.

O‘quv seminarda Xalqaro Mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish borasidagi vazifalar, mehnat shartnomalarining tuzilishi, bekor qilinishi, kelishuvlar va jamoa shartnomalarini imzolanishi hamda O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida tushuntirish berildi hamda seminar  qatnashchilariga ish jarayonida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanmaning elektron varianti tarqatildi.

кт1-06-215-040001

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar