01/04/2014
Eng muhimi-harakat, sog‘lik va hamjihatlik!

Бухоро И.ХожиевXodimlar, xamda ularning oila a'zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali xodimlarning salomatliklarini tiklashga ko‘maklashish, velosportning ommaviyligini oshirishda “KASABA-TUR” velomarafon  musobaqalarining o‘rni beqiyos.

Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlarida velomarafonning 1- bosqichi qizg‘in o‘tmoqda.

Navro‘z ayyomi arafasida Kogon sanoat va transport kasb-hunar kollejida velomarafon musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarga keng ko‘lamli tayyorgarlik olib borildi. Bayramona bezatilgan stadionda velomarafonchilar safga tizilishdi. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashining Buxoro viloyati buyicha mas'ul tashkilotchisi Rayxon Nosirova barchani ulug‘ ayyom-muborak Navro‘z bayrami bilan tabriklab, velomarafonchilarga omad tiladi.

Musobaqada turli yoshdagi ishtirokchilarning borligi, tomoshabinlarning e'tiborini tortdi. 35 yoshdan yuqori ishtirokchilar o‘rtasida finishga birinchi bo‘lib yetib kelgan Jo‘rakul Xayrullev, 20-35- yoshgacha xodimlardan Akmal Ne'matovlar g‘oliblik shohsupasidan joy oldilar. Sangiga Rahmonova olqishlar ila musobaqaning “Eng faol ishtirokchisi” deb tan olindi. Musobaqa ishtirokchilari kasaba uyushmasining diplomlari va qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Бухоро И.Хожиев 2 Бухоро веломарафон


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar