22/04/2014
“Yilning eng faol yosh olimi” tanlovi haqida

6O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Fermerlar Kengashi o‘rtasida tuzilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovini o‘tkazish hamda “Yosh mutaxassislar” respublika Forumini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda O‘zbekiston fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2014 yil 1 apreldagi 12/2 va 10/5/o-sonli qo‘shma qarori kuchga kiritilib, Fanlar akademiyasi tizimi ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan olimlari ishtirokida “Yilning eng faol yosh olimi” tanlovi 2014 yil aprel-may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalarida tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 1 aprelidan 15 apreligacha tashkil qilindi. Ko‘rik-tanlovning 1-bosqichida muassasa rahbarlari, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ilmiy kotiblari, yosh olimlar kengashi raislari hamda joylardagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi bilan birgalikda komissiya tarkibi tuzilib, g‘oliblar aniqlanildi.

Tanlov g‘oliblari o‘zlarining ilmiy faoliyatining dolzarbligi, Davlat ilmiy-texnik dasturlarda faol ishtiroki, ixtirolar, ilmiy-texnik ishlanmalar, yangi texnologiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, mualliflik guvohnomalari va albatta, jamoat va boshqa tashkiliy ishlardagi faolligi hamda respublika doirasida ahamiyatga loyiq yutuqlari bilan qatnashdilar.

Tanlovning birinchi bosqichida tizimdagi barcha ilmiy muassasalarda faoliyat olib borayotgan yosh olim va tadqiqotchilar faol ishtirok etdilar. Bellashuvlar yosh olim va mutaxassislarning fanning turli sohalari bo‘yicha o‘zaro baxs va munozaralar, fikr va tajriba almashinishlariga zamin yaratdi.

Birinchi bosqich tanlov natijalariga ko‘ra har bir ilmiy muassasalardan munosib g‘olib deb topilgan 15 nafar 1-o‘rin sohiblari: Yadro fizika instituti Abdujabborov Axmadjon Odiljonovich, “Fizika-Quyosh” IICHB, Fizika-Texnika instituti Abdulxayev Oybek Abdulazizovich, Astronomiya instituti Xakimov Abdullo Abduxamidovich, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti Boltayev Ganjiboy Sapayevich, Energetika va avtomatika instituti Muxtorov Farrux Xamdamovich, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti Yunusov Xaydar Ergashevich, Bioorganik kimyo instituti Sherimbetov Sanjar Gulmirzoyevich, O‘simlik moddalari kimyosi instituti Valiyev Ne'matjon Valijon o‘g‘li, O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti Turg‘unov Orzumat Turdimatovich, Genomika va bioinformatika markazi Babajonova Feruza Ikramovna, Mikrobiologiya instituti Narbayeva Xurshida Saparboyevna va Azimova Nodira, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Rafiyeva Feruza Umidullayevna, Til va adabiyot instituti Ismoilov G‘ulom Mirzayevich, Tarix instituti Radjabov Erkin G‘aniyevichlar ikkinchi bosqich (15-30 aprel kunlari Fanlar akademiyasi komplekslarida) ishtirok etish uchun Ishchi guruhga taqdim etildi.

Tanlov o‘tkazilishi davomida joylarda yosh olimlar tamonidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarning dolzarbligi hamda respublikamiz ilm-fanining qolaversa, ishlab chiqarishning yanada rivojlanishiga qaratilganligiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bugungi kungacha o‘tkazilgan tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga ilmiy tadqiqot muassasasi ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlanildi.

 2 SONY DSC 4DIGITAL CAMERA 7


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar