25/04/2014
Tanlovning tuman bosqichi haqida

Рисунок4O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashning 2014-yil 28-martdagi 11/17-“o”-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining 31-martdagi 3/5-sonli hamda ta'lim, fan va madaniyat xodimlari tuman kengashining 31-martdagi 8-25 “o”-sonli qo‘shma qaroriga asosan hamkorlikda Jizzax viloyatining Forish tumandagi 5ta maktabgacha ta'lim muassasalaridagi tarbiyachilari o‘rtasida “Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlov Ishchi guruh va Nizomga asoslanib, yuqori saviyada 4ta shartga ko‘ra tarbiyachilarning mahorati ijro etildi. Tanlovda 1-“G‘uncha” maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi D.Qobilova, 2-“Binafsha” maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi F.Xudoyberdiyeva, 3-“Boychechak” maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Yu.Qurbonqulov, 4-“Guldasta” maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi E.Kamolova hamda 5-“Lola” maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi F.Rahimovlar o‘z iqtidorlarini muassasadagi tarbiyalanuvchilarga “Bolajon” davlat dasuri asosida mashg‘ulot o‘tib, test, ijodidan namunalar, bir kunlik faoliyatidan videolavhalarni ko‘rsatish orqali ishtirok etishdi.

Ko‘rik-tanlovning yakuniga ko‘ra 1-“G‘uncha” maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Dilnoza Qobilova I-o‘rinni, 2-“Binafsha” maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Feruza Xudoyberdiyeva II-o‘rinni, 5-“Lola” maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Feruz Rahimov III-o‘rinni egallab, ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi hamda tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Рисунок1 Рисунок2 Рисунок3


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar