29/04/2014
G‘uzor tumanida o‘tkazilgan “Eng faol yosh o‘qituvchi” va “Eng faol yosh tarbiyachi” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi yakunlari xaqida

DSCN0161Qashqadaryo viloyatida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘uzor tuman kengashi tizimidagi tashkilot va muassasalarda 2014 yilning 24 aprel kuni “Eng faol yosh o‘qituvchi” va “Eng yosh faol tarbiyachi” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi tumandagi 34-umumta'lim maktabida o‘tkazildi. Ko‘rik tanlov G‘uzor tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma G‘uzor tuman kengashi rayosati hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati tuman kengashining qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan tanlovni o‘tkazish ishchi guruhi, hakamlar hay'ati tarkibi, Nizom asosida tashkil etildi. “Eng faol yosh o‘qituvchi” ko‘rik tanlovining tuman bosqichida 25 nafar yosh mutaxassislar, “Eng yosh faol tarbiyachi” ko‘rik tanlovida 5 nafar yosh tarbiyachilar ishtirok etdilar. “Eng faol yosh o‘qituvchi” ko‘rik tanlov yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni jami 85 ball bilan 53-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Jabborov Xurshid Abdurashidovich, 2-o‘rinni jami 83 ball bilan 3-umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘qituvchisi Musulmonova Xusniya Dilmurodovna, 3-o‘rinni jami 80 ball bilan 50-umumta'lim maktab o‘qituvchisi Bozorova Marxabo Abdullayevna,“Eng faol yosh tarbiyachi” ko‘rik tanlov yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni jami 79 ball bilan 2-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Rustamova Yulduzxon Rustamovna, 2-o‘rinni jami 75 ball bilan 4-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Otomurodova Soxiba, 3-o‘rinni 70 ball bilan 4-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Elliyeva Zilolalar egalladilar. Tanlov g‘oliblari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati tuman kengashining diplomlari va kasaba uyushmasi tuman kengashining esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar