08/05/2014
Urganch tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng faol yosh o‘qituvchi” ko‘rik-tanlovi haqida

20140426_1713422014 yil 25 aprel kuni Urganch tuman kengashi tasarrufidagi kasb-hunar kollejlarida mehnat qilayotgan yosh o‘qituvchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov to‘g‘risidagi qo‘shma qaror va tanlov Nizomi barcha maktabgacha ta'lim muassasalariga berildi. Berilgan Nizom asosida ishtirokchilarning hujjatlari qabul qilindi. Tanlovda tumandagi 5ta kasb-hunar kollejlarida mehnat qilayotgan yosh o‘qituvchilardan 4 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ishtirokchilar Nizom asosida belgilangan shartlar bo‘yicha bellashdilar. Tanlovni o‘tkazish va ishtirokchilarni baholash uchun hakamlar hay'ati tuzildi. Ko‘rik-tanlov tumandagi sanoat transport kasb-hunar kollejida o‘tkazildi.

Quyidagi tarkibda hakamlar hay'ati tuzildi:

1. Madrimova Roxatoy – Urganch tuman G‘oybu qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, hakamlar hay'ati raisi;

2. Matniyozova Sayyora – Urganch tuman sanoat transport kasb-hunar kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, hay'at a'zosi;

3. Abdullayeva Xurshida – Urganch tuman sanoat kasb-hunar kolleji kadlar bo‘yicha inspektori, hay'at a'zosi;

4. Nurullayev Dilmurod – Xiva milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, hay'at a'zosi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilari quyidagi natijalarni ko‘rsatdilar:

 1-o‘rin Madraximov Dilshod - Sanoat transport KHK – 98 ball       

 2-o‘rin Egamova Ibodat  Sanoat KHK        56 ball

 3-o‘rin  Quramboyeva Sabohat Maishiy xizmat KHK    49 ball

Faxrli 1-o‘rinni egallagan sanoat transport kasb-hunar kolleji ingliz tili fani o‘qituvchisi Madrahimov Dilshodga ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida qatnashishiga tavsiya etildi.

20140426_171259 20140426_172743

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar