10/05/2014
Urganch tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng faol yosh tarbiyachi” ko‘rik-tanlov haqida

GE DIGITAL CAMERA2014 yil 26 aprel kuni Urganch tuman kengashi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalarida mehnat qilayotgan yosh tarbiyachilar o‘rtasida “Yilning eng faol yosh tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov to‘g‘risidagi qo‘shma qaror va tanlov Nizomi asosida ishtirokchilarning hujjatlari qabul qilindi. Tanlovda tumandagi 20ta maktabgacha ta'lim muassasalaridan 19ta muassasadan 19 nafar ishtirokchi qatnashdilar va o‘zaro belgilangan shartlar bo‘yicha bellashdilar. Tanlovni o‘tkazish va ishtirokchilarni baholash uchun hakamlar hay'ati tuzildi. Ko‘rik-tanlov tumandagi 9-son MTMda o‘tkazildi. Quyidagi tarkibda hakamlar hay'ati tuzildi :

1. Z.Adamova – TXTMFMTTEB uslubchisi, hay'at raisi;

2. M.Madaminova – Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi, hay'at a'zosi;

3. M.Ortikova – 15-sonli MTM mudirasi, hay'at a'zosi;

4. M.Ollaberganova – 9-sonli MTM katta tarbiyachisi, hay'at a'zosi;

5. A.Saparova – 20-sonli MTM mudirasi, hay'at a'zosi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar quyidagi natijalarni ko‘rsatdilar:

1-o‘rin Xo‘janiyozova Surayyo - 3-sonli MTM - 100     

2-o‘rin Bozorova Rayxon – 9-sonli MTM - 99           

3-o‘rin Matkarimova Faroxat - 4-sonli MTM - 82

Faxrli 1-o‘rinni egallagan 3-sonli MTM tarbiyachisiga ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida qatnashishiga tavsiya qilindi.

GE DIGITAL CAMERA 290420141545 GE DIGITAL CAMERA

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar