{"id":1706,"date":"2025-01-08T09:05:49","date_gmt":"2025-01-08T04:05:49","guid":{"rendered":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/?p=1706"},"modified":"2025-01-08T09:31:26","modified_gmt":"2025-01-08T04:31:26","slug":"oqituvchilar-ijtimoiy-himoyasi-jamiyat-rivojiga-xizmat-qiladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/?p=1706","title":{"rendered":"O\u2018qituvchilar ijtimoiy himoyasi jamiyat rivojiga xizmat qiladi"},"content":{"rendered":"\n<div class=\"wp-block-media-text is-stacked-on-mobile\"><figure class=\"wp-block-media-text__media\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"800\" height=\"450\" src=\"https:\/\/talim.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/photo_2025-01-08_09-30-51.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1710 size-full\" srcset=\"https:\/\/talim.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/photo_2025-01-08_09-30-51.jpg 800w, https:\/\/talim.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/photo_2025-01-08_09-30-51-300x169.jpg 300w, https:\/\/talim.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/photo_2025-01-08_09-30-51-768x432.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 800px) 100vw, 800px\" \/><\/figure><div class=\"wp-block-media-text__content\">\n<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O\u2018zbekistonimiz millati, tili, dinidan qat\u2019i nazar, har bir inson o\u2018z qobiliyati va iste\u2019dodini, bilim va tajribasini ro\u2018yobga chiqara oladigan ijtimoiy davlatga aylanmoqda. Bugungi kunda ta\u2019lim va tarbiya sohasining bosh maqsadi \u2013 O\u2018zbekiston yoshlarini ilmli va vatanparvar etib tarbiyalashdan iboratdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Oxirgi 8 yilda ta\u2019limni rivojlantirishga jami <strong>216 trillion so\u2018m <\/strong>mablag\u2018 yo\u2018naltirilib, shundan <strong>19,5 trillion so\u2018m <\/strong>moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun sarfl angan. Buning hisobiga <strong>6 mingta davlat maktabi <\/strong>va <strong>3,5 mingta bog\u2018cha <\/strong>rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi. Natijada maktablarda <strong>800 ming<\/strong>, bog\u2018chalarda <strong>535 ming <\/strong>qo\u2018shimcha o\u2018rin yaratildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018qituvchilarga mahorati, ish staji, til bilishi, erishgan yutuqlariga qarab to\u2018lanadigan ustamalar soni <strong>3 tadan 17 taga <\/strong>oshirilib, <strong>10 million so\u2018mdan ziyod <\/strong>ish haqi oladigan o\u2018qituvchilar soni <strong>6 ming nafardan oshdi<\/strong>.<\/p>\n\n\n\n<p>Umumta\u2019lim maktablari bitiruvchilarini oliy ta\u2019limga qamrab olish darajasi so\u2018nggi <strong>8 yilda 9 foizdan 40 foizga oshdi<\/strong>.<\/p>\n<\/div><\/div>\n\n\n\n<p>Yangi tahrirdagi Konstitutsiya da ilk bor pedagog maqomi alohida belgilandi, joriy yilda esa O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cPedagogning maqomi to\u2018g\u2018risida\u201d- gi qonuni qabul qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018qituvchilarning o\u2018z kasbiga jonkuyarligi, mashaqqatli mehnati natijasida o\u2018quvchilarimizning xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalari sifat jihatdan yildan yilga o\u2018sib bormoqda. Masalan, 2021-2022-o\u2018quv yilida o\u2018quvchilarimiz <strong>45 ta<\/strong>, 2023-2024-o\u2018quv yilida <strong>121 ta medallarni <\/strong>qo\u2018lga kiritishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va rag\u2018batlantirish Prezidentimizning doimiy e\u2019tibor markazida. Taraqqiyot dasturi bo\u2018lmish \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasida ta\u2019lim tizimini yanada rivojlantirish bo\u2018yicha yangi maqsad va rejalar belgilangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mana shunday sharafl i vazifani ado etishda muhtaram ustoz va murabbiylarga har tomonlama yordam va ko\u2018mak berish kasaba uyushmalarining ham burchi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston ta\u2019lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan yakunlangan yil sarhisobi sifatida o\u2018zining munosib mehnati bilan Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligiga, shuningdek, kasaba uyushmalari harakati rivojiga hissa qo\u2018shayotgan eng faol, fi doyi va tashabbuskor insonlar mehnatini e\u2019tirof etish an\u2019anaga aylanib bormoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston ta\u2019lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi 2024-yilda <strong>18 ming 500 tadan ziyod boshlang\u2018ich tashkilotlarda <\/strong>faoliyat yuritayotgan <strong>1 million 900 ming nafar kasaba uyushma a\u2019zolarini <\/strong>qamrab olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Soha xodimlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish maqsadida O\u2018zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta\u2019limi hamda Oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari bilan tarmoq kelishuvlari imzolangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarmoq kelishuvlari xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnati va dam olishini tashkil etish, salomatligini mustahkamlash, mehnat munosabatlarini yanada tartibga solish, mehnat qonunchiligi buzilishining oldini olish chora-tadbirlarini o\u2018z ichiga oladi. Tarmoq kelishuvlari doirasida ta\u2019lim sohasi xodimlarini himoya qilgan holda bir qator ishlar olib borilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Jumladan:<\/p>\n\n\n\n<p>_ Ta\u2019lim tizimidagi barcha qonun hujjatlarini qabul qilishda Respublika kengashi bilan kelishishga erishildi va rasman kelishilmagan hujjatlar bekor qilindi. Misol uchun, \u201cPedagogning maqomi to\u2018g\u2018risida\u201d, \u201cTa\u2019lim to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlarda ko\u2018plab taklifl arimiz inobatga olingan.<\/p>\n\n\n\n<p>_ O\u2018zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga majburiy mehnatga jalb qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish bo\u2018yicha Respublika kengashining taklifi Senat orqali kiritildi va bu taklif takomillashib, Jinoyat kodeksida o\u2018z aksini topdi. Jinoyat kodeksida aynan peda goglarga nisbatan mehnatga majburlash uchun jinoiy javobgarlik kiritilganligi e\u2019tirofga loyiq.<\/p>\n\n\n\n<p>_ Umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalarining <strong>\u201cJismoniy tarbiya\u201d fani<\/strong>ning qish mavsumida qisqartirilayotgan o\u2018quv soatlarini saqlab qolish bo\u2018yicha bir necha oy muzokaralar olib borilib, <strong>13 mingdan ziyod pedagoglarning huquqlarini <\/strong>tiklashga erishildi.<\/p>\n\n\n\n<p>_ Oliy ta\u2019lim muassasalari professor-o\u2018qituvchilarining ta\u2019tilini qisqartirish taklifi bo\u2018yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo\u2018lgan qizg\u2018in munozaralar natijasida aynan kasaba uyush masi xulosasi g\u2018olib chiqib, ta\u2019tilning avvalgi muddati saqlab qolindi.<\/p>\n\n\n\n<p>_ Kasaba uyushmasi a\u2019zolari, tarmoq tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish yo\u2018lidagi sa\u2019y-harakatlar natijasida 203 million so\u2018m miqdorida xodimlar ning sog\u2018ligiga yetkazilgan zarar uchun to\u2018lanishi kerak bo\u2018lgan pul mablag\u2018lari undirib berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>_ Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida pedagog xodimlarning uzaytirilgan mehnat ta\u2019tillari Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan, ammo ushbu hujjat o\u2018z vaqtida ishlab chiqilmadi. Mazkur masala ko\u2018plab munozarali holatlarni yuzaga keltirdi, hattoki rasmiy ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqish qilinib, mutasaddi tashkilotlar tanqid qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>_ Pedagog xodimlarga aynan mala ka toifasiga mos ravishda haq to\u2018lanishi ham nazoratga olingan. Misol uchun, pedagoglarning ish haqi va bir qator ustamalar hisoblanishi maxsus kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu dasturlarga ayrim qonunchilikdagi o\u2018zgartirishlarning kiritilishi kechikishi yoki joylarda noto\u2018g\u2018ri talqin qilish natijasida to\u2018lovlarda xatoliklar uchrab turadi. Joriy yilda ko\u2018plab pedagoglarning ish haqi to\u2018lovlari bo\u2018yicha ijobiy natijalarga erishildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston ta\u2019lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan ta\u2019lim muassasalarida sodir bo\u2018lishi mumkin bo\u2018lgan jamoaviy nizolarni hal etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta\u2019limi vazirligi hamda Oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda doimiy asosda faoliyat yurituvchi <strong>Respublika tarmoq mehnat arbitraji <\/strong>tuzishga erishildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqaro Mehnat Tashkiloti va O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qo\u2018shma dasturiga muvofiq 2024 yil 16\u201318-aprel kunlari Qozog\u2018iston, Tojikiston, Ozarboyjon turdosh kasaba uyushmasi vakillari ishtirokida Buxoro shahrida Xalqaro Mehnat Tashkilotining \u201cMehnat sohasida zo\u2018ravonlik va ta\u2019qibga barham berish to\u2018g\u2018risida\u201dgi 190-sonli Konvensiyasiga bag\u2018ishlangan xalqaro seminar o\u2018tkazildi. Tarmoq kasaba uyushmasi tuman (shahar) bo\u2018linma kengashlari raislaridan 100 nafari va buxgalterlaridan 95 nafari, jami 195 nafar yetakchi faollarimiz O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Malaka oshirish instituti NTM o\u2018quv kurslarida malakalarini oshirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buning natijasida, O\u2018zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o\u2018ttiz uch yilligi hamda \u201c1-oktyabr \u2013 O\u2018qituvchi va murabbiylar kuni\u201d bayramlari munosabati bilan ta\u2019lim sohasida erishayotgan yuksak natijalari, Yangi O\u2018zbekiston bunyodkorlari bo\u2018lgan yetuk avlodni shakllantirish yo\u2018lida munosib xizmat qilib kelayotgan hamda kasaba uyushmasi hayotida faol ishtirok etayotgan <strong>100 nafar pedagog faxriylarga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan \u201cChinobod Plaza\u201d sanatoriysiga bepul yo\u2018llanmalar berildi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>2024-yil davomida Kasaba uyushmasining hududiy, tuman(shahar) bo\u2018linma kengashlari hamda boshlang\u2018ich tashkilotlar tomonidan <strong>21 ming <\/strong>nafardan ziyod tarmoq xodimlari va ularning oila a\u2019zolari, a\u2019zolik badallari, shuningdek, ijtimoiy sug\u2018urta badallari hisobidan, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylar va dam olish uylarida imtiyozli sog\u2018lomlashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>2024-yil yozgi mavsumida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufi dagi Bolalarning dam olishini va sog\u2018lomlashtirilishini tashkil etish departamentiga qarashli oromgohlarda ta\u2019lim tizimi xodimlarining jami <strong>18 945 nafar farzandlari ham sog\u2018lomlashtirildi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>2024-yil mobaynida <strong>90 ming nafarga yaqin maktabgacha, maktab, kasb-hunar va oliy ta\u2019lim sohalari xodimlarining <\/strong>respublikamizning tarixiy Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlari hamda poytaxti azim Toshkent shahriga sayohatlari uyushtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan \u201cBesh tashabbus olimpiadasi\u201d doirasida Maktabgacha va maktab ta\u2019limi vazirligi hamda Sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan <strong>\u201cSog\u2018lom tanda \u2013 sifatli ta\u2019lim\u201d <\/strong>sport musobaqalarida <strong>210 mingdan <\/strong>ortiq umumta\u2019lim maktablari xodimlarining ishtiroki ta\u2019minlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Ta\u2019lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining <strong>www.talim.kasaba.uz <\/strong>veb-sayti yangilanib, imkoniyatlari kengaytirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zamon talablaridan kelib chiqib tarmoq kasaba uyushmasining rasmiy Telegram kanali ham tashkil etilgan: <strong>@talimfankasaba<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tashqari, kasaba uyushmasi a\u2019zolari nizoli holatlarda murojaatlarini ishonch raqami yoki Telegram orqali yaratilgan maxsus bot <strong>@talimfankasabagamurojaat <\/strong>orqali yubora oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur bot ikki yildan buyon uzluksiz ravishda 24\/7 rejimida faoliyat yuritib kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi kunda ta\u2019lim yo\u2018nalishida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma xodimlarini jamoa shartnomalari bilan qamrab olish kampaniyasini olib boryapmiz. Bu orqali ko\u2018plab xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishga erishiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>Lazokat TURIKOVA,<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong><em>O\u2018zbekiston ta\u2019lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O\u2018zbekistonimiz millati, tili, dinidan qat\u2019i nazar, har bir inson o\u2018z qobiliyati&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[8,1],"tags":[],"class_list":["post-1706","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-national","category-1"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1706"}],"collection":[{"href":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1706"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1706\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1712,"href":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1706\/revisions\/1712"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1706"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1706"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/talim.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1706"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}