11/12/2014
“Konstitutsiya-ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati”

SAMSUNG CAMERA PICTURESO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligini nishonlash maqsadida, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 2014 yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining “O‘quv teatri”da “Konstitutsiya-ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari T.Z.Teshabayev, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori B.S.Sayfullayev, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, xalq ta'limi vazirliklari vakillari hamda bir qancha kasaba uyushmasi faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

         Tadbirni O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Bedilov Ravshan Melsovich ochib berdi va ishtirokchilarni bayram bilan qutladi. Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Eshmuxammad Qodirov Konstitutsiyamizning ustuvorligi, uni demokratik jamiyat qurishdagi roli, jamoat birlashmalarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari haqida ma'ruza qildi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Fayzulla Axmedov esa “Konstitutsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy sheriklik samarasi” mavzusida nutq so‘zladi. U o‘z so‘zida tarmoq kelishuvlari va jamoa shartnomalari orqali ijtimoiy sheriklik tizimi izchil yo‘lga qo‘yilganligi, oxirgi yillarda kasaba uyushmalari tomonidan umumta'lim maktablari o‘quvchilari hamda pedagoglarini sog‘lomlashtirilishini o‘sishi tahsinga sazovorligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng tarmoqda ko‘p yillik samarali mehnat qilgan xodimlar Respublika kengashi tomonidan esdalik savg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti pedagoglari va talabalari ijrosida jonli konsert dasturi tashkil qilindi. Konsertda O‘zbekiston xalq xofizi Orol Mirzo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Abdullayev kabi bir qancha xalq sevgan san'atkorlar o‘z ijod na'munalari bilan mehmonlarni xushnud qildilar. 

SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar