Kelushuvlarga oid ma`lumotlar

14/02/2019
Samarqand viloyatidagi mehnat jamoalarida jamoa shartnomalari bajarilishining muhokamasi tashkil etilib, boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy ko‘mak berildi.
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashiga a’zo tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomalarining bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazish jadvaliga muvofiq 2019 yil 11 fevral kuni Samarqand viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi muhokama etildi. Mazkur mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov, Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi J.Yaratov, Respublika kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi I.Raximov, Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi mehnashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Mamatqulova ...

08/02/2019
Mehnat jamoalarida jamoa shartnomalari bajarilishining muhokamasi davom etmoqda.
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman kengashiga a’zo tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomalarining bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazish jadvaliga muvofiq 2019 yil 8 fevral kuni tumandagi 21-sonli umumiy o‘rta maktabida muassasa ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi muhokama etildi. Mazkur mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov, Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi J.Yaratov, Respublika kengashining Sirdaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi A.Mamarasulov va tuman kengashi raisi M.Haitqulovlar ishtirok etishdi. Umumiy yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ...

30/05/2014
Kelishuvlarning 2013 yil davomida bajarilishi
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги, Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази, Матбуот ва ахборот агентлиги, “Ўзбектуризм”  

06/11/2013
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi komissiya tarkibi to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va  o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati Q A R O R    Q I L A D I : 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va  o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi tomonidan kelishuvlarni tuzish tamoyillari asosida tarmoq kelishuvi bo‘yicha muzokaralar olib borish hamda nazoratini amalga oshiruvchi komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. Komissiya a'zolariga: -    ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 30,31,32 moddalariga binoan tarmoq Kelishuvi ...