July 7th, 2014
Savollarga javoblar

     savol bering

savol; Ish beruvchining tashabbusi bilan boshqa ishga o‘tkazish qanday rasmiylashtiriladi?

javob; Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Xodim vaktincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrda unga bajaryotgan ishiga qarab, lekin avvalgi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lanadi.

Savol; Mehnat shartnomasi qaysya hollarda bekor qilinadi?

Javob; Mexnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin:
*    taraflarning kelishuviga ko‘ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor  qilinishi mumkin;
*    taraflardan birining tashabbusi bilan;
*    muddatning tugashi bilan;
*    taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra;
*    mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra;

       Savol;Ta’tillarni berish tartibi qanday belgilanadi?

    Javob; Asosiy ta’til 1-ish yili uchun 6 oy ishlagandan keyin beriladi. Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kunddan e’tiboran hisoblanadi.

     Savol; Davlat yoki jamoat vazifalarni bajarayotgan vaqtda xodimlarga qanday kafolatlar beriladi?

    Javob; Xodim davlat yoki jamoat vazifalarni bajarayotgan vaqtda ish beruvchi uni ish joyini saqlagan holda ishdan ozod qladi. Ana shu vazifani bajarishvaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

    Savol; Pensionerman sanatoriyaga kasaba uyushmalaridan yo‘llanma olishim mumkinmi?

  Javob; Sanatoriy yo‘llanmalarni rejalashtirish, chiqish, taqsimlash, sotish, hisobga olish, hisoboti va berish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada ishlamayotgan pensionerlarga sanatoriya yo‘llanmalari ajratish ko‘zda tutilmagan.

  Savol; Xodimlar qanday ijtimoiy ta’tillardan foydalanadi?

 Javob; Xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillar olish huquqidan foydalanadilar:
Xomiladorlik va tug‘ish ta’tillari; bolalarni parvarishlash ta’tillari; o‘qish bilan bog‘langan ta’tillar;  ijtimoiy ta’tillar.

       Savol; Yillik mehnat ta’tillarining berilish tartibi qanday?

    Javob; Yillik mehnat ta’tillari barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga. Dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda beriladi. Xodimlarga yillik asosiy ta’til 15 ish kunidan kam bo‘magan muddat bilan beriladi.

    Savol; Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda kasaba uyushiasi qo‘mitasi yoki xodnmlarning boshqa vakillik organining roziligi talab qilinadimi?

      Javob; Basharti jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday rozilikni olmay turib, mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona tutatilgan va korxoia rahbari bilan mehnatga oid munosabat bekor qilingan hollar bundan mustasno.

     Savol; Ishga tiklash qanday tartibda amalga oshiriladi?

    Javob; Mehnat   shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda u ish beruvchining O‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi mumkin.


   Savol; Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning asoslari nimadan iborat?

     Javob; Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asoslari quyidagilar:
*    texnologiyadagi,   ishlab   chiqarish  va   mehnatni   tashkil
etishdagi   o‘zgarishlar,   xodimlar   soni   qisqarganligi    yoxud
korxonaning tugatilganligi, xodimning  malakasi  yetarli  bo‘lmaganligi,  sog‘ligi holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi,   xodimning   o‘z mehnat   vazifalarini   muntazam   ravishda yoki bir  marta  qo‘pol  ravishda buzganligi, o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, mulkdorning almashishi tufayli.


      Savol; Jamoa shartnomalara va kelishuvlari deganda nima tushuniladi?

    Javob; Jamoa shartnomasi korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iktisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi, shuningdek, muayyan kasb, tarmoq  xudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni ham o‘z ichiga oladi.

   Savol; Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning asoslari nimadan iborat?

   Javob; Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli bo‘lishi shart.
Quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanligini bildiradi:
*    texnologiyadagi,   ishlab   chiqarish  va   mehnatni   tashkil
etishdagi   o‘zgarishlar,   xodimlar   soni   qisqarganligi    yoxud
korxonaning tugatilganligi;
*    xodimning  malakasi  yetarli  bo‘lmaganligi  yoki  sog‘ligi
holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi;
*   xodimning   o‘z mehnat   vazifalarini   muntazam   ravishda buzganligi;
*    xodimning  o‘z   mehnat  vazifalarini  bir  marta  qo‘pol
ravishda buzganligi;
*    o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga
qabul qilinishi munosabati bilan;
*    mulkdorning almashishi tufayli.

   Savol; Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda kasaba uyushiasi qo‘mitasi yoki xodnmlarning boshqa vakillik organining roziligi talab qilinadimi?

    Javob; Basharti jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday rozilikni olmay turib, mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona tutatilgan va korxoia rahbari bilan mehnatga oid munosabat bekor qilingan hollar bundan mustasno.

 

   Savol; Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qnlish to‘g‘risida xodimni ogohlantirish muddatlari qanday belgilangan?

   Javob; Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni quyidagi muddatlarda yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart:
* mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtata) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan bekor qilinganda kamida 2 oy oldin;
*    mehnat    shartnomasi     xodimning    malakasi     yetarli
bo‘lmaganligi yoki sog‘ligi holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga
noloyiq bo‘lib qolishi munosabati  bilan  bekor  qilinganda
kamida 2 xafta oldin.
*    mehnat intizomini muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol
ravishda buzgan hollarda bekor qilishda 3 kun oldin yoki xodim
roziligi bilan kompensatsiya to‘lanadi.


    Savol; Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy  tamoyillari nimalardan iborat? 

   Javob; Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
*    qonun hujjatlari normalariga amal qilish;
*    taraflar vakillarining vakolatliligi;
*    taraflarning teng huquqliligi;
*    jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama erkinligi;
*    majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;
*    olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini
ta’minlash;
*    tekshirib borishning muntazamligi;
*    javobgarlikning muqarrarligi.



Izlash

 

So`ngi e`lonlar