14/02/2019
Samarqand viloyatidagi mehnat jamoalarida jamoa shartnomalari bajarilishining muhokamasi tashkil etilib, boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy ko‘mak berildi.

1

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashiga a’zo tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomalarining bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazish jadvaliga muvofiq 2019 yil 11 fevral kuni Samarqand viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi muhokama etildi.

Mazkur mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov, Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi J.Yaratov, Respublika kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi I.Raximov, Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi mehnashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Mamatqulova va shahar kengashi raisi B.Namazovlar ishtirok etishdi.

Kun tartibiga muvofiq, Samarqand viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori – ish beruvchi Q.Yusupova, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.O‘rinovalarning muassasa ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi to‘g‘risida hisobotlari, jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib boruvchi Komissiya a’zosi D.Qo‘shoqovaning ma’lumotnoma-dalolatnomasi eshitildi.

Hisobotda keltirilishicha, amaldagi jamoa shartnomasi 131 ta banddan iborat bo‘lib, yil davomida 120 ta bandning to‘liq ijrosi ta’minlangan. Muassasada 34 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jamoada ko‘plab madaniy-ma’rifiy, turistik va sport tadbirlari o‘tkazilishi bilan birgalikda, kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan xodimlarga moddiy yordam va rag‘batlantirishlar, sanatoriylarga sog‘lomlashtirish uchun yo‘llanmalar ajratilganligi, ularning farzandlarini sog‘lomlashtirish, xodimlarning reja asosida malakasi oshirib borilayotganligi, ish haqi va mehnat ta’tillari o‘z vaqtida berilayotganligi, muassasada mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sog‘lom va xavf-xatarsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasida tegishli normativ hujjatlarga muvofiq ishlar amalga oshirilganligi, jamoada yo‘lga qo‘yilgan “Ustoz-shogird” an’anasi yo‘lga qo‘yilganligining natijasi, hisobot yilida jamoada mehnat nizolari sodir bo‘lmaganligi, muassasada xodimlar uchun yaratilgan qulay mehnat sharoitlari haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasida o‘tkazilgan jamoa shartnomasining hisobot yilidagi ijrosi yuzasidan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. Mehnat jamoasidagi o‘zaro hurmat va ishchan muhit mehnat jamoasi oldida berilgan hisobotda o‘z aksini topdi. 56 nafar xodimlar ishlayotgan mehnat jamoasida ular uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganligi, jamoa shartnomasidagi mavjud imtiyozlarning amalga oshirilishi xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilinishida bosh omil bo‘layotganligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018 yil 2 oktyabrdagi ““Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari kuni”ni joriy etish to‘g‘risida”gi 10-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2019 yil 12 fevral kuni tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov rahbarligida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 79-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotiga tashrif buyurildi. 1 800 nafardan ortiq o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berayotgan 128 nafar xodimlar faoliyat yuritayotgan muassasa boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatiga ko‘mak berish doirasida ish rejalar va ularning bajarilishi, umumiy va qo‘mita yig‘ilishlarining o‘z muddatlarida o‘tkazilishi va ularda ko‘rilgan masalalarning dolzarbligi, mazmuni, kadrlar zaxirasining shakllantirilganligi hamda tegishli hisobotlarning mavjudligi, boshlang‘ich tashkilotning kasaba uyushmalari ko‘rik-tanlovlari va tadbirlaridagi ishtiroki, jamoa shartnomasining ijrosiga oid ma’lumotlar hamda mehnat jamoasidagi ehtimolli mehnat nizolarida va xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmasining o‘rni va ahamiyati yuzasidan olib borilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birgalikda, muassasadagi kasaba uyushmasi faoliyatiga doir devoriy burchaklarni jihozlash va ma’lumotlarni yangilab borish, xodimlarning o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi va tegishli xodimlarni zarur vositalar, maxsus kiyimlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish, yoshlar bilan ishlash komissiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish kabi yo‘nalishlarida amaliy yordam berildi.

1Shuningdek, Payariq xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida jamoa sharotnomasining 2018 yilda bajarilishiga oid o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishda ishtirok etildi. Mazkur yig‘ilishda 72 nafar ishchi xodimlar faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa ish beruvchisi N.Rustamov va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi S.Axunovlarning hisoboti hamda jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib boruvchi Komissiyaning ma’lumotnoma-dalolatnomasi tinglandi. Ikki kun davomida o‘tkazilgan yig‘ilish va uchrashuvlardagi muhokamalar davomida kasaba uyushma a’zolarining fikr hamda takliflari eshitildi.

Barcha yig‘ilishlar so‘ngida tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov kasaba uyushmasi a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, davlatimiz tomonidan ular uchun yaratilayotgan qo‘shimcha imtiyoz va imkoniyatlar, olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, kasaba uyushma a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

 


Bosh sahifada aylanish, Kelushuvlarga oid ma`lumotlar, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar