22/12/2014
“Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbati

2O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiya Kengashining 2014 yil 11 dekabrdagi TN-05/1838 sonli xatiga asosan Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar Kengashlari raislari rahbarlari tashabbusi bilan “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Shu yil 16 dekabrda o‘tkazilgan davra suhbatda Yangiyer shahar hokimi I.Qudratov, shahar hokimi o‘rinbosari A.Abduqodirov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi o‘rinbosari Q.Eshnazarov, mas'ul tashkilotchi A.Mamarasulov, shahar moliya bo‘limi, Bandlikka ko‘maklashish va aholini muhofaza qilish markazi, Xalq ta'limi boshqarmasi, Tibbiyot birlashmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Elektr va tabiiy gaz tarmoqlari, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi rahbarlari hamda maktablar, kasb-hunar kollejlari kasaba uyushmalari raislari va faollari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar bugungi kunda tarmoq tashkilotlarida yaratilgan mehnat sharoitlari, mehnat qonunchiligi asosida mehnatkashlarning huquqlari har jihatdan himoyalanganligi haqida ta'qidlab o‘tdilar. Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi viloyat bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi A.Mamarasulov bu borada Yangiyer shahar tarmoq tashkilotlarida kamchiliklar sezilarli kamayganligi, joylarda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faolligi ortganligini aytib o‘tdi.

Davra suhbatida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi, bildirilgan taklif va muammolar ijrosi yuzasidan tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

1 2

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar