23/01/2015
Xindiston Respublikasi elchixonasida uyushtirilgan bayram tadbiri

 

БезымянныйMamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston va Xindiston o‘rtasida qadimiy rishtalar yanada mustaxkamlanib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro ishonch va tenglik, manfaatdorlik ruhida izchil rivojlanib siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy-madaniy aloqalar rivoji yangi bosqichga ko‘tarildi.

Joriy yilning 22 yanvar kuni Xindiston Respublikasi elchixonasida O‘zbekiston-Xindiston do‘stlik jamiyati, Lal Baxodir Shastri nomidagi Xindiston madaniyat markazi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi bilan xamkorlikda 2015 yil “Keksalarni e'zozlash yili” hamda Xindistonni Respublika deb e'lon qilingan kuniga bag‘ishlab ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri uyushtirildi. Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan yosh olima qizlar ishtirokida o‘zbek milliy liboslari va bezaklari namoyishi taqdim etildi.

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar