19/01/2015
Vatan himoyasi – muqaddas burch!

 

Изображение 011Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Quyichirchiq tuman kengashi tomonidan joriy yilning 18 yanvar kuni Do‘stobod Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji sport zalida “Vatan himoyachilari kuni” bayramiga bag‘ishlab “Vatan himoyasi – muqaddas burch!” shiori bilan tizimda mehnat qilayotgan erkak xodimlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.

Sport musobaqasida tumandagi 1, 2, 4, 8, 10, 11, 15, 19, 21, 23, 25, 35, 37, 39, 46, 47, 48, 49-sonli umum ta'lim maktablari jamoalari ishtirok etdilar.  Musobaqa yirik sport musobaqalari kabi qizg‘in va murosasiz o‘tdi. Barcha jamoalar o‘zlarining bor mahorat va imkoniyatlarini namoyon eta oldilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra

I – o‘rinni, 2-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining “Yulduz” jamoasi;

II – o‘rinni,4-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining “Koinot” jamoasi;

III – o‘rinni, 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining “Chaqmoq” jamoasi egallab musobaqaning kuchli uchlikdan o‘rin oldilar.

Musobaqada jami 120 nafar tarmoq xodimlari ishtirok etdilar barcha ishtirokchilar tuman kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Изображение 008 Изображение 016 Изображение 073

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar