O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining
2013 yil 26 yanvar“ O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma organlari tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishning namunaviy tartibi” to‘g‘risida”gi 9-22-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2013 yil 26 yanvar“ O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma organlari tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishning namunaviy tartibi” to‘g‘risida”gi 9-22-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Markaziy kengashning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hududlari bo‘yicha mas'ul tashkilotchilari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Toshkent shahar madaniyat muassasalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitalariga
- mazkur namunaviy Tartib (ilova qilinadi) tarmoq kasaba uyushmasining barcha tashkilotlariga yetkazilishini ta'minlash;
- ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma organlari tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishning namunaviy Tartibi”ga to‘liq rioya etilishini nazorat qilish topshirilsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy kengash raisi o‘rinbosari R.Kasimovga yuklatilsin.
To`liq matnni quyudagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2013 yil 26 yanvar “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma organlari tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishning namunaviy tartibi” to‘g‘risida”gi 9-22-sonli qarori hakida.
Ijtimoiy himoya, Ijtimoiy himoyaga oid ma`lumotlar