04/06/2016
Ilm sarchashmalari

 

1O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash hamda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahoratini va bilim darajasini oshirish uchun zarur yaratish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili 4 bosqichli “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

2016 yil 2 iyun kuni Urganch Davlat Universitetida ham mazkur tanlovining “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi bo‘yicha Universitet bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda 20dan ortiq yosh olimlar, ilmiy tatqiqodchilar va iqtidorli magistrantlar ishtirok etdilar.

G‘oliblar Urganch Davlat Universiteti kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tashkiliy ko‘mitaning xulosasiga ko‘ra Universitetning fizika kafedrasi o‘qituvchisi Xikmat Matyoqubov, Tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi G‘ayrat YOqubov va 2-bosqich magistranti Nurbek Xo‘jtovlar tanlovning viloyat xududiy bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

2 5


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar