30/05/2017
Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi yakunlandi

Ромитан ЭНБТ2017 - копия

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman kengashi tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich tashkilotlarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, tashkilot va muassasalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshlang‘ich tashkilotlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovning nufuzi yildan yilga ortib bormoqda. Joriy yilda tarmoq tizimidagi tashkilotlarning 80 foizidan ortig‘i qamrab olinganligi fikrimizning isbotidir.

Ko‘rik-tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan belgilangan tanlov shartlari asosida ishtirokchilarning faoliyati xolisona baholandi. A’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich tashkilot nominatsiyasi bo‘yicha 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti g‘olib deb e’tirof etildi. Romitan tumanidagi futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internat, 6-maktabgacha ta’lim muassasasi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari 2-3-o‘rinlarga sazovor bo‘lishdi.

A’zolar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar orasida 1-o‘rin Romitan sanoat kolleji, 2-o‘rin 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 3-o‘rin Romitan pedagogika va yengil sanoat kolleji boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga nasib etdi. G‘olib va sovrindorlarga tuman kengashining Faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tadbir doirasida g‘olib tashkilotlar faoliyatini ommalashtirish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Ромитан ЭНБТ2017 (1) - копия

 

 

 

 

 

 

Ромитан ЭНБТ2017 (4) - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar