01/06/2017
Marxamat tumanida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

??????????

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Marxamat tuman kengashiga qarashli ta’lim va madaniyat muassasalarida 2017-yil 30-may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovning quyi bosqichida barcha ta’lim va madaniyat muassasalari ishtirok etib, ulardan 16 tasi tuman bosqichida o‘zaro bellashdilar.

Kasaba uyushma a’zolari 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida 1-o‘rinni tumandagi 31-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 2-o‘rinni 2-umumta’lim maktabi, 3-o‘rinni esa 22-maktabgacha ta’lim muassasasining boshlang‘ich tashkilotlari qo‘lga kiritdilar.

Kasaba uyushma a’zolari 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida 1-o‘rinni 10-umumta’lim maktabi, 2-o‘rinni 40-umumta’lim maktabi, 3-o‘rinni esa 25-umumta’lim maktablari boshlang‘ich tashkilotlari qo‘lga kiritdilar.

Bundan tashqari 9, 6, 43, 32, 41-umumta’lim maktablari, 3-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Barkamol avlod bolalar markazi va 17, 21-maktabgacha ta’lim muassasalarining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Tuman bosqichida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar tuman kengashining 1, 2, 3-darajali diplomlari, 5 turdagi nominatsiya bo‘yicha faxriy yorliqlari va faol ishtirok etganligi uchun diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar